Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Parizoda haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 fakt

Madaniyat
106
Parizoda haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 fakt
Parizoda haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 qiziqarli fakt: 1. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

**San’atdan yiroq oiladan sahnaga qadar** Jozibador raqqosa, mehribon ona va sadoqatli turmush o‘rtoq Parizoda, asl ismi bilan Dilnoza Safarova, 1987 yil 10 sentyabrda san’at bilan bog‘liq bo‘lmagan oddiy oilada tug‘ilgan. U bolaligidan o‘z mehnati va sabr-toqati bilan san’at olamida o‘z o‘rnini topgan.

2. **7 yoshida boshlangan ijodiy yo‘l** Parizoda san’atga 7 yoshidayoq qadam qo‘ygan.

Salkam 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan raqqosa o‘z intervyularida sahnadagi qiyinchiliklar haqida ochiq gapiradi. Ba’zan u sahnani tark etish fikriga ham borgan, lekin sabr va mehnat tufayli xalqning e’tibor va mehrini qozongan.

3. **Oila qurishi va qaynonasining qo‘llab-quvvatlashi** 2012 yilda Parizoda tadbirkor Sherali Safarovga turmushga chiqadi.

U to‘ydan keyin san’atga qaytganida, qaynonasining yordami va qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyat kasb etganini bir necha bor ta’kidlagan. 4.

**Mehribon ona va farzandlar tarbiyasi** Parizoda bugungi kunda uch nafar farzandning onasi. Uning katta qizi E’zoza raqs va modellik bilan shug‘ullanadi.

Kichik qizi Sa’diya ham opasidek raqsga qiziqadi. O‘g‘li Abduqodir haqida esa ko‘p ma’lumot berilmagan, chunki Parizoda uning shaxsiy hayotini ommaga oshkor etishni istamaydi.

5. **Raqs uning salomatligini tiklagan** Parizoda bir intervyusida umurtqa pog‘onasida jiddiy muammo aniqlangani va shifokorlarning ogohlantirishlariga qaramay raqsni davom ettirganini aytadi.

Natijada, raqs uning nafaqat ijodiy faoliyati, balki salomatligini ham tiklashga yordam bergan. Parizoda o‘zining sabr-toqati, izlanishlari va san’atga bo‘lgan sadoqati bilan ko‘plar uchun namuna bo‘lib kelmoqda.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026