Bugun
Markaziy bank 1 million so'mlik pul haqida axborotni rad etdi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Pit Devidson ilk bor ota bo‘ldi

Madaniyat
25
Pit Devidson ilk bor ota bo‘ldi
Pit Devidson ilk bor ota bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktyor o‘zining mashhur romantik munosabatlari bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lsa-da, endi u oilaviy hayotda yangi bosqichni boshladi. Devidsonning sevgilisi, britaniyalik model Elsi Xyuitt, ularning qiz farzandi dunyoga kelgani haqida xabar berdi.

Juftlik qizlariga Skotti Rouz deb ism qo‘ygan, bu ism Pitning marhum otasining nomiga bag‘ishlangan. Skotti juma kuni dunyoga keldi.

Ma’lum qilinishicha, aktyor va model mart oyida o‘z munosabatlarini rasman e’lon qilishgan edi. Yozda esa ular farzand kutayotganliklarini ma’lum qilishgan.

Pit Devidson ilgari Kim Kardashian, Ariana Grande, Keyt Bekinseyl va boshqa mashhur shaxslar bilan uchrashgani bilan ham tanilgan. Shuningdek, may oyida Elsi homiladorlikka ta’sir qiluvchi endometrioz kasalligini davolash uchun operatsiya o‘tkazgani haqida aytib o‘tgan.

U o‘sha davrda Pit unga juda mehribonlik bilan g‘amxo‘rlik qilganini va hatto ovqat tayyorlab berganini e’tirof etdi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026