Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+11°
пасмурно ветер 4 м/с, З
ENRU

Marvel Kapitan Amerika haqidagi tizerni taqdim etdi

Madaniyat
42
Marvel Kapitan Amerika haqidagi tizerni taqdim etdi
Marvel kompaniyasi "Qasoskorlar: Qiyomat kuni" nomli yangi filmining ilk tizerini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda Kapitan Amerika, ya’ni Stiv Rojers, asosiy qahramon sifatida tasvirlangan. Ushbu rolga yana Kris Evans qaytgani e’lon qilindi.

Tizer syujetiga ko‘ra, Kapitan Amerika avvalgi hayotiga qaytadi. U o‘zining mashhur kostyumiga nazar tashlaydi va keyin o‘g‘lini ko‘tarib oladi.

Bir necha kun avval ushbu tizerning ekran nusxasi internetga tarqalgan edi. U kinoteatrlardagi seanslar vaqtida namoyish etilgan.

Yaqin kunlarda Marvel boshqa qahramonlar uchun ham alohida tizerlarni taqdim etishi kutilmoqda. Internetda Tor haqidagi norasmiy video allaqachon paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari, kelgusi tizer Doktor Dumga bag‘ishlanishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ushbu rolni Robert Dauni kichik ijro etishi ehtimoli ham aytilmoqda.

"Qasoskorlar: Qiyomat kuni" filmi 2026 yilning 18 dekabrida jahon bo‘ylab namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu yangi qismda Qasoskorlar, X-Odamlar va boshqa superqahramonlar umumiy tahdidga qarshi birlashadi.

Film tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026