Bugun
Markaziy bank 1 million so'mlik pul haqida axborotni rad etdi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Shohrux Mirzo san’atdagi yo‘li va oilasi haqida so‘zladi

Madaniyat
66
Shohrux Mirzo san’atdagi yo‘li va oilasi haqida so‘zladi
Aktyor Shohrux Mirzo Abduqunduzov yaqinda “Omon-omon” ko‘rsatuvida o‘zining oilaviy kelib chiqishi haqida bir qancha ma’lumotlarni ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida u O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzovning katta nabirasi ekanligini oshkor qildi. Shuningdek, u ona tomonlama O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning avlodi ekanini ham ta’kidladi.

Shohrux Mirzo ushbu qarindoshlik unga katta mas’uliyat yuklashini qayd etdi. U san’at sohasida faoliyat olib borishda o‘ziga xos yondashuvni tanlaganini aytib, ko‘p seriallarda ishtirok etishni rad etishini, asosan teatr sahnalarida ijod qilishni afzal ko‘rishini bildirdi.

“Menga hech qachon qanday bo‘lishim kerakligi haqida bosim o‘tkazishmagan. Men o‘zimni erkin ijodkor sifatida his qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor.

Ma’lumot uchun, Shohrux Mirzo joriy yilning 21-avgust kuni turmush qurdi. Uning rafiqasi Oyshaxon mashhur videobloger Obid Nasriddinov bilan birga turli videolar suratga olishda ishtirok etib keladi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026