Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Bahrom Nazarov: "Harakat qildim va eshiklar ochildi"

Madaniyat
65
Bahrom Nazarov:
Xonanda Bahrom Nazarov yaqinda “ChotkiTV” dasturiga bergan intervyusida san’at sohasiga kirib kelishidan avvalgi hayoti va o‘sha davrdagi muhim qarorlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘zining hayotida qanchalik murakkab tanlovlar qarshisida turganini samimiy tarzda bayon qildi. Bahrom Nazarovning aytishicha, 2013-yillarda u Shveysariyaga ishlash uchun ketishni rejalashtirgan.

Bu qarorining sababi o‘sha vaqtdagi moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan. U o‘z niyatini shunday izohlaydi: “Uy-joy qilaman, ishlab kelaman, degan niyatim bor edi.

Ikki yoshli farzandim bor edi. Oilamni boqishim kerak edi.” Safarga chiqishdan oldin u o‘z ustozi huzuriga borib, maslahat olish va duolarini olishni lozim topgan.

Ustozining javobi esa uning kelajak hayotini butunlay o‘zgartirgan. Ustozi unga shunday degan: “Bahrom, sen harakatchan, ijodkor yigitsan.

Yana bir bor harakat qilib ko‘r, bir eshikni taqillat. Balki kimdir ochib qolar.

Agar bo‘lmasa, keyin ketaverasan.” Bu maslahat Bahrom Nazarovga katta ruhiyat bag‘ishlagan. U yana bir bor harakat qilishga qaror qiladi va bu qaror uning hayotidagi burilish nuqtasi bo‘ladi.

Xonanda o‘z tajribasini shunday ifodalaydi: “Men harakat qildim va o‘xshab ketdi. Olloh eshiklarni ochdi.” Intervyu so‘ngida Bahrom Nazarov barchaga ibrat bo‘ladigan fikrlarini bildirib o‘tdi: “Kim bo‘lishidan qat’i nazar, harakat qilish va intilish kerak.

Eshikni taqillatib ko‘rish zarur. Olloh aytganidek: ‘Sen harakat qil, men beraman’.

Inson harakat qilsa, Olloh bermaslikdan hayo qiladi.” Xonandaning ushbu so‘zlari ko‘pchilik uchun ilhom va motivatsiya bo‘lishi shubhasiz.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026