Bugun
Olti o'zbek bokschisi Jahon chempionati nimchorak bosqichida ringga ko'tariladi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Feruza Jumaniyozova Xorazmdagi chiqish narxlarini izohladi

Madaniyat
26
Feruza Jumaniyozova Xorazmdagi chiqish narxlarini izohladi
Xonanda Feruza Jumaniyozova yaqinda “Intervyu TV” ko‘rsatuvida ishtirok etib, Xorazmdagi chiqish narxlari borasida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida boshlovchi xonandaga: “Xorazmda birrovlik chiqishingiz 5 ming dollar ekanligi rostmi?” deya savol berdi. Feruza Jumaniyozova bu savolga tasdiq berib, “Ha, albatta, shunaqa,” deya javob qaytardi.

Shundan so‘ng boshlovchi yana savol berdi: “Birrovingiz Toshkentdagidek bo‘ladimi, ya’ni 4–5 ta qo‘shiq aytib ketasizmi?” Xonanda bu savolga javoban, Xorazmda chiqishlar boshqacha bo‘lishini ta’kidlab, quyidagilarni aytdi: “Xorazmda chiqishlarimiz 1 soatdan 1,5 soatgacha davom etadi. Bu yerda san’atkorlarni boshqacha e’zozlashadi va hurmat qilishadi.

To‘ylarning talabi ham ancha og‘ir. Toshkentdagidek 4–5 qo‘shiqni fonogramma bilan aytib ketish qabul qilinmaydi.

Xorazmda jonli ijro talab qilinadi, shuning uchun narx ham shunga mos belgilanadi.” Shuningdek, Feruza Jumaniyozova narx masalasida qat’iy belgilangan miqdor yo‘qligini ham ta’kidladi: “Aytilayotgan narx taxminiy, xolos. Kelishamiz, sharoitga qarab harakat qilamiz.

Men hech kimga aniq miqdor aytmaganman. Sharoitga qarab 2 ming yoki 1 ming dollar bo‘lsa ham chiqaveraman.

Xalqni o‘ylab, ularga moslashishga harakat qilaman,” dedi xonanda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026