ENRU

Zayed mukofoti Armaniston, Ozarbayjon va afg‘on ayoliga berildi

Madaniyat
16
Zayed mukofoti Armaniston, Ozarbayjon va afg‘on ayoliga berildi
2026 yilgi Zayed nomidagi insoniy birodarlik xalqaro mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu yil mukofot Armaniston va Ozarbayjonga, shuningdek, afg‘onistonlik inson huquqlari himoyachisi Zarka Yaftaliga topshiriladi. Bu tarixiy hodisa bo‘lib, ilk bor Kavkaz mintaqasi va Afg‘oniston vakillari ushbu mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Hakamlar hay’ati Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida imzolangan tinchlik kelishuvini uzoq yillik mojarolarni yakunlash va gumanitar iztiroflarni kamaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholadi. Mukofot bosh kotibi Moxamed Abdelsalam bu kelishuv ikki xalq uchun xavfsiz kelajakni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu mukofotni hukumat va jamiyatning birgalikdagi harakatlari e’tirofi deb atadi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev esa xalqaro hamjamiyatning tinchlik yo‘lidagi tashabbuslarni qadrlashini butun mintaqa uchun muhim voqea sifatida baholadi.

Ikkinchi g‘olib Zarka Yaftali ayollar va bolalarning ta’lim olish huquqini himoya qilishdagi faoliyati uchun mukofotlandi. Uning sa’y-harakatlari natijasida 100 mingdan ortiq inson ta’lim resurslari va psixologik yordamdan foydalandi.

YuNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassell Yaftalining yetakchiligini yuqori baholadi. Zarka Yaftali esa bu mukofot afg‘on ayollari uchun umid ramzi ekanini aytdi.

Mukofot g‘oliblari mustaqil xalqaro hay’at tomonidan tanlandi. Hay’at tarkibida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Yevropa Kengashining sobiq prezidenti Sharl Mishel, Afrika Ittifoqi komissiyasining sobiq raisi Mussa Faki Moxamat, YuNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassell va boshqa nufuzli shaxslar bor.

Saida Mirziyoyeva mukofot e’lon qilinishi tinchlik va inson qadriyatlariga sadoqatni aks ettirishi, xalqaro hamjamiyatga yangi umid berishini ta’kidladi. Mukofot topshirish marosimi 2026 yil 4 fevral kuni, Xalqaro insoniy birodarlik kunida Abu-Dabidagi Asoschi memorialida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu mukofot Shayx Zayed bin Sulton Al Nahayonning gumanitar merosi hamda Papa Fransisk va Al-Azhar buyuk imomi Ahmad Al-Tayeb imzolagan qo‘shma hujjatdan ilhomlangan holda 2019 yilda ta’sis etilgan.

Shu kungacha turli mamlakatlardan 19 nafar laureat mukofot bilan taqdirlangan.

O‘xshash yangiliklar

Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026