ENRU

“Qirol sher” rejissyori Rojer Allers vafot etdi

Madaniyat
15
“Qirol sher” rejissyori Rojer Allers vafot etdi
“Disney” kompaniyasining mashhur animatsion loyihalaridan biri — “Qirol sher” multfilmini yaratishda ishtirok etgan rejissyorlardan biri Rojer Allers 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda uning yaqin hamkasbi va rejissyor Deyv Bossert rasmiy ma’lumot berdi. Deyv Bossert ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xotirasida Allersning o‘limi uni chuqur qayg‘uga solganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular yaqin vaqtgacha aloqada bo‘lib turgan, Allers esa hayotining so‘nggi kunlarida Misr bo‘ylab sayohat qilgan. Shu sababli bu yo‘qotish kutilmagan va og‘ir bo‘lib qabul qilingan.

Bossert o‘z do‘stini iste’dodli rassom, chuqur fikrlovchi ijodkor va “Disney” animatsiyasini yangi bosqichga olib chiqqan muhim shaxs sifatida esladi. Uning aytishicha, Rojer Allers “Disney”ning qayta tiklanish davrida muhim rol o‘ynagan ijodkorlardan biri bo‘lgan.

Rojer Allers rejissyor Rob Minkoff bilan birgalikda 1994 yilda “Qirol sher” multfilmini suratga olgan. Ushbu asar nafaqat studiya tarixidagi, balki jahon animatsiyasidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri sifatida tan olingan.

Multfilm jahon bo‘ylab 771 million dollar daromad keltirgan. 2019 yilda esa uning remeyk versiyasi butun dunyo bo‘ylab 1,6 milliard dollar yig‘ib, eng ko‘p daromad keltirgan filmlar qatoridan joy olgan.

Allers o‘z faoliyatida boshqa ko‘plab mashhur animatsion loyihalarda ham ishtirok etgan. Jumladan, “Aladdin”, “Suv parisi”, “Sohibjamol va mahluq”, “Ov mavsumi” hamda “Oliver va kompaniya” kabi asarlar yaratishda ham uning hissasi katta bo‘lgan.

Animatsiya olami yana bir buyuk ijodkoridan ayrildi. Rojer Allers qoldirgan boy ijodiy meros esa hali uzoq yillar davomida tomoshabinlarning qalbidan joy olishda davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatBugun, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatBugun, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026