ENRU

Ravshan Komilov qimmat kostyumini ijaraga bermaydi

Madaniyat
20
Ravshan Komilov qimmat kostyumini ijaraga bermaydi
Xonanda Ravshan Komilov Italiyadan xarid qilgan qimmat kostyumi haqida intervyuda so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu kostyumni "Oq bilagoyim Toshkentlik" qo‘shig‘i klipida ko‘rish mumkin. San’atkorning aytishicha, kostyumni chet el safarida olgan va uning narxi ancha baland bo‘lgan.

"Italiyada xarid qilganman, juda qimmat edi, hatto bir yevro ham arzonlashtirilmagan," dedi u. Klip efirga chiqqach, ko‘plab san’atkorlar kostyumni ijaraga olishni so‘rashgan, ammo Ravshan Komilov bunga rozi bo‘lmagan.

"Bitta-ku, juda qimmat. Men ijaraga bermaganman," deydi xonanda.

Unga ko‘ra, bunday holatlar hayotida ko‘p uchraydi. Hatto bir tadbir oldidan ham kostyumini so‘rashganida, u avval o‘zi sahnaga chiqishini aytgan.

Chunki boshqa birov uning libosida birinchi bo‘lib chiqsa, keyin u o‘zi kiysa, odamlar turlicha o‘ylab qolishi mumkinligini bildirgan. "Avval men chiqib olay sahnaga, keyin deganman.

Chunki u birinchi mening kostyumimni kiyib chiqsa, keyin men kiysam odamlar nima deb o‘ylashadi?" deya izoh berdi xonanda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026