Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Munisa Rizayeva ayollarga o‘zini qadrlashni maslahat berdi

Madaniyat
27
Munisa Rizayeva ayollarga o'zini qadrlashni maslahat berdi
Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolarida o‘z hayoti, sinovlari va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U har bir insonning hayotida o‘ziga xos muammo va imtihonlar bo‘lishini ta’kidladi. "Hammada o‘ziga yarasha sinovlar, muammolar bor.

Odamlarga havas qilmanglar. Instagramdagi baxtli hayotga ham ishonmang", deb izoh qoldirdi san’atkor.

Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilayotgan hayot har doim ham haqiqatni aks ettirmaydi. Munisa Rizayeva, ayniqsa, ayollarga murojaat qilib, muhim maslahat berdi.

Unga ko‘ra, ayol kishi birinchi navbatda o‘zini qadrlashi, o‘zini sevishi va o‘zini tanlashi kerak. "Avval o‘zingizni birinchi o‘ringa qo‘ying — eringizni ham, farzandingizni ham emas, o‘zingizni.

Qachonki o‘zingizni tanlasangiz, o‘zingizni sevsangiz, xo‘jayiningiz ham, farzandingiz ham sizni hurmat qiladi va yaxshi ko‘radi", deydi u. Xonandaning ta’kidlashicha, ayol o‘zini unutib qo‘ysa va o‘ziga e’tibor bermasa, atrofdagilar ham uni qadrlamay qo‘yadi.

Uning fikricha, hurmat va muhabbat avvalo insonning o‘zini qadrlashidan boshlanadi. Shu sababli, ayollar o‘zlarini birinchi o‘ringa qo‘yishlari va o‘zlarini sevishlari muhimdir.

Bu nafaqat o‘zlariga, balki oila a’zolari va yaqinlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026