ENRU

Zebo Rahimova sovchilar va turmush haqida so‘z yuritdi

Madaniyat
109
Zebo Rahimova sovchilar va turmush haqida so'z yuritdi
Bloger Zebo Rahimova bir intervyusida shaxsiy hayoti va turmush qurishga oid fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, birinchi sovchilar 12 yoshida kelgan ekan. Zebo 18 yoshida ham bir yigit tomonidan sovchi qo‘yilganini eslab, yigitning oilasi yaxshi taassurot qoldirganini, lekin yigitning o‘zi kutganidek chiqmaganini aytdi.

U yigit haqida "Bizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan inson ekan", deydi. Shu voqeadan so‘ng ota-onasi o‘zlarini aybdor his qilgan va avvalgi rejalari bo‘yicha turmush o‘rtog‘ini o‘zlari tanlashni istashganini bildirgan.

Zeboning aytishicha, o‘sha paytda unga "kimni munosib deb topsak, shunga turmushga chiqasan" deyishgan. U esa bu fikrga qarshi chiqmagan, chunki sevib qolishni tasavvur qilmagan.

Keyinchalik ota-onasi qarorni o‘ziga qoldirgan. "Qanday yigit bo‘lishi kerak?" degan savolga Zebo aniq reja qilmaganini, lekin unga kerakli fazilatlar bo‘lsa, o‘sha inson bilan turmush qurishi mumkinligini aytdi.

Shuningdek, bloger tanlangan insonni albatta yaxshi ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, munosabatlarda mehr va o‘zaro tushunish eng muhim omil hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026