Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya aloqalari kengaytiriladi

O‘zbekiston
43
O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya aloqalari kengaytiriladi
2025 yilning 21-22 iyul kunlari Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya sohasidagi hukumat vakillari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbirda ikki davlatning Transport vazirliklari delegatsiyalari hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Muzokaralar davomida amaldagi aviaqatnovlar sonini oshirish, parvoz yo‘nalishlarini kengaytirish hamda aviakompaniyalarga tegishli huquqlarni berish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida bir qator kelishuvlarga erishildi. Shunga ko‘ra, har ikki mamlakat aviakompaniyalari haftasiga quyidagi yo‘nalishlarda qatnovlarni amalga oshirishi belgilandi: Toshkent–Moskva yo‘nalishida har tomonlama 50 tadan, Samarqand–Moskva yo‘nalishida 23 tadan, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlaridan Moskva yo‘nalishlarida 14 tadan parvozlar rejalashtirildi.

Shuningdek, Toshkentdan Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk va Sochi shaharlariga haftasiga 14 tadan, Termiz–Moskva yo‘nalishida esa 10 tadan parvozlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Rossiya aviakompaniyalari uchun 80 ta xalqaro aeroportdan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga jami 560 ta aviaqatnov, O‘zbekiston aviakompaniyalari uchun esa O‘zbekiston aeroportlaridan Rossiyaning 29 ta yirik xalqaro aeroportlariga jami 203 ta aviaqatnov amalga oshirish huquqi berildi.

Aviakompaniyalar uchun uchburchak shakldagi parvozlarni amalga oshirishda cheklovlar bekor qilinib, har bir kompaniya beshta shaharni tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu kelishuvlar doirasida ikki mamlakat aviakompaniyalari haftasiga 1000 dan ortiq parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Hozirda esa o‘rtada haftasiga jami 310 dan ortiq muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda. Bu kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi aviatsiya aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
5 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
4 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekiston00:10, 03-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 02-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026