ENRU

O‘zbekistonda uy interneti narxi dunyoda arzon

O‘zbekiston
37
O‘zbekistonda uy interneti narxi dunyoda arzon
O‘zbekiston internet narxlari bo‘yicha dunyo miqyosida arzon davlatlar qatoriga kirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiyaning Federal davlat statistika xizmati ma’lumotlari va turli mamlakatlardan yig‘ilgan raqamlarga asoslangan RIA Novosti hisobotiga ko‘ra, mamlakatimizda uy interneti narxi oyiga o‘rtacha 11,7 dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonni interneti arzon davlatlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlardan biriga olib chiqdi.

Qiyos uchun aytadigan bo‘lsak, Hindistonda uy interneti narxi eng past bo‘lib, oyiga 7,7 dollarni tashkil etadi. Ruminiya esa 9,8 dollar bilan uchlikka kiradi.

Rossiya yirik iqtisodiyotlar orasida internet narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turib, oyiga o‘rtacha 8,7 dollar to‘lanishini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Xitoy (11,3 dollar), Qozog‘iston (12,7 dollar), Turkiya (13,8 dollar), Bolgariya (14,6 dollar) va Litva (16,5 dollar) kabi mamlakatlar ham eng arzon internet xizmatlari ro‘yxatida joy olgan.

Polsha (17,2 dollar), Gruziya (17,4 dollar), Tailand (18,4 dollar), Armaniston (19,1 dollar) va Latviya (19,7 dollar) kabi davlatlar ham internet narxi bo‘yicha arzon mamlakatlar orasida top-15likni yakunlaydi. Boshqa tomondan, internet narxlari eng qimmat davlatlar orasida AQSH (72,1 dollar), Kanada (61,7 dollar) va Luksemburg (59,1 dollar) yetakchilik qilmoqda.

Belgiyadan tortib Germaniya, Avstraliya, Portugaliya va Janubiy Afrikagacha bo‘lgan mamlakatlar ham narxlari yuqori davlatlar qatorida. Eng qimmat internetga ega davlatlar ro‘yxatida Buyuk Britaniya, Sloveniya, Avstriya, Shvetsiya va Fransiya ham mavjud.

Shu bilan birga, internet narxi faqat uning absolyut qiymati bilan emas, balki aholining daromadiga nisbatan ulushi bilan ham baholanadi. Masalan, Braziliyada uy interneti o‘rtacha daromadning 4,1 foizini tashkil etsa, Meksikada bu ko‘rsatkich 3,8 foiz, Argentinada esa 3,65 foizni tashkil qiladi.

Eng past ulush Rossiya (0,67 foiz), Ruminiya (0,9 foiz) va Janubiy Koreyada (0,97 foiz) qayd etilgan. Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda internet narxlarining arzonligi raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, mamlakatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Bu esa ta’lim, biznes va axborot almashinuvini yanada samarali qilish uchun muhim omil hisoblanadi. Ma’lumot manbai: ria.ru.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
14 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
13 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY235 Myunxen
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
12 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 12-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 sentabr
11 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY461 Lahore 01:10 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 11-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 10-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 09-09-2026