Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

O‘zbekistonda har daqiqada ikki chaqaloq tug‘ilmoqda

O‘zbekiston
38
O‘zbekistonda har daqiqada ikki chaqaloq tug‘ilmoqda
O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Har daqiqada o‘rtacha ikki nafar chaqaloq dunyoga kelmoqda. Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil davomida mamlakat bo‘ylab 926,4 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ilgan.

Bu raqamlar aholining o‘sish sur’ati, oilalar soni va yosh avlod ulushining ortib borayotganini ko‘rsatadi. Tahlillarga muvofiq, har kuni o‘rtacha 2531 nafar yangi tug‘ilgan bola dunyoga keladi.

Bu esa har soatda 105 nafar, har daqiqada ikki nafar va taxminan har 34 soniyada bir chaqaloq tug‘ilishi bilan ifodalanadi. Qiyos uchun aytadigan bo‘lsak, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich har daqiqada 0,6 nafarni, Tojikistonda 0,5 nafarni, Qirg‘izistonda 0,3 nafarni tashkil etadi.

Turkiyada har daqiqada 3 nafar, Germaniya va Fransiyada 1,4 nafardan, Xitoyda 17, Hindistonda esa 43 chaqaloq dunyoga kelmoqda. Institut mutaxassislari ta’kidlaydiki, bu raqamlar faqatgina statistik ma’lumot emas.

Ular mamlakatda oila institutining mustahkamlanayotganini, yoshlar ulushining yuqori ekanini va demografik o‘sishning faol bosqichi davom etayotganini bildiradi. Shu bilan birga, demografik o‘sish mehnat bozori, ta’lim tizimi va ijtimoiy infratuzilmalarga talabning oshishiga sabab bo‘ladi.

Bugungi chaqaloqlar ertangi kunning yosh kadrlari, ustozlari va mutaxassislari hisoblanadi. Demograflarning fikricha, O‘zbekiston hozir “demografik dividend” davrini boshdan kechirmoqda.

Bu davrda ish qobiliyati yuqori yosh aholi ulushi oshib, iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Mutaxassislar oilalar sonining ko‘payishi nafaqat statistik o‘sishni, balki ijtimoiy barqarorlik va millatning kelajak salohiyatini ham ta’minlashini ta’kidlaydilar.

Har bir chaqaloq yangi hayot, yangi umid va mamlakatning kelajagiga qo‘shilayotgan qimmatli hissadir. Manba: oila-gen.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
5 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
4 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekiston00:10, 03-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 02-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026