Bugun
Lamin Yamal Oltin to'p mukofotiga loyiq ekanini aytdi
+24°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Tramp bilan uchrashdi

O‘zbekiston
24
Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Tramp bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashrif davomida Prezident Mirziyoyev Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Uchrashuvning asosiy qismi Oval xonada bo‘lib o‘tdi, unda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari kun tartibiga kiritildi. Muzokaralar davomida joriy yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar, jumladan, “S5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Davlatimiz rahbari Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yutuqlari bilan tabrikladi.

Shuningdek, uning xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishdagi shaxsiy hissasi e’tirof etildi. Donald Tramp esa O‘zbekiston yetakchisining AQSH hukumati vakillari, yirik kompaniyalar va moliyaviy institutlar rahbarlari bilan samarali muzokaralar o‘tkazganini yuqori baholadi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun institutsional mexanizmlarni yaratish va takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
15 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
14 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
13 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 13-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
12 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 12-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 sentabr
11 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY461 Lahore 01:10 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 11-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 10-09-2026