Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

O‘zbekiston banklari reytingi ijobiy tomonga o‘zgardi

O‘zbekiston
41

O‘zbekiston banklari reytingi ijobiy tomonga o‘zgardi

2025-yil iyun oyida Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston banklari uchun operatsion muhit bo‘yicha prognozni "barqaror" darajadan "ijobiy" darajaga ko‘tardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 

Shuningdek, banklarning umumiy bahosi "B" darajasida saqlanib qoldi. Agentlikning O‘zbekiston banklari bo‘yicha direktori Pavel Kaptel bu o‘zgarishlarning asosiy sabablarini tushuntirdi.

Fitch Ratings tomonidan operatsion muhitni baholashda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, davlat tomonidan iqtisodiyot va bank sektorini tartibga solish darajasi, shuningdek, bank faoliyatiga ta’sir etuvchi xavf omillari inobatga olinadi. Bunda ikki asosiy ko‘rsatkich muhim rol o‘ynaydi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) va BMI kompaniyasi tomonidan hisoblangan operatsion xavf indeksi (ORI).

Hozirda O‘zbekiston banklari uchun operatsion muhit "B" darajasida baholangan. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi ayrim davlatlarga nisbatan pastroq.

Masalan, Qozog‘iston "BB+", Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon "BB-" darajasida baholangan. Shunga qaramay, O‘zbekistonda iqtisodiy muhitda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

2023-yilda "Ipoteka bank"ning davlat ulushi muvaffaqiyatli xususiylashtirildi. Yana bir nechta davlat banklarini xususiylashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki esa bank sektorini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, minimal kapital talablarini oshirish va kreditlar sifatini yaxshilash bo‘yicha qat’iy qadamlar tashlandi.

Bu islohotlar natijasida bank sektorida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Fitch Ratings prognoziga ko‘ra, yaqin bir-ikki yil ichida O‘zbekiston banklari uchun operatsion muhit bahosi "B+" darajasiga ko‘tarilishi mumkin.

Bu o‘zgarishlar xususiy banklar, jumladan, "Kapitalbank" va "Ipak Yo‘li" banklari reytinglarida ham o‘z aksini topmoqda. Davlat banklarining reytinglari esa asosan davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq bo‘lib, operatsion muhitdagi o‘zgarishlardan kamroq ta’sirlanadi.

Manba: one.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026