Bugun
Aleksandr Zverev AQSH ochiq chempionati finalida g'alaba qozondi
+24°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Sirdaryoda avtomobil zavodi va sanoat markazi ishga tushadi

O‘zbekiston
51
Sirdaryoda avtomobil zavodi va sanoat markazi ishga tushadi
Kelgusi yilda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida xitoylik hamkorlar ishtirokida yangi avtomobil ishlab chiqarish zavodi ishga tushiriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida e’lon qilindi. Loyihaning umumiy qiymati 122 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Bundan tashqari, joriy yilda Sirdaryoda Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirildi. Ushbu markazda 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi faoliyat boshlaydi.

Kelasi yilning birinchi choragida korxonalar to‘liq ishlashni boshlashi rejalashtirilgan. 2026-yilga kelib esa 720 million dollarlik 40 ta yangi loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Sayxunobod tumanida esa yangi ishlash tizimi joriy etilib, kichik sanoat va servis sohalarining rivoji orqali aholi daromadlari oshirildi. Tuman aholisi tomorqa yerlaridan samarali foydalanib, oylik daromadlarini bir necha barobarga ko‘paytirdi.

Jumladan, 1,8 ming xonadonda 5-6 sotixli issiqxonalar qurilgan bo‘lsa, yana 622 xonadonda 2-3 sotixli issiqxonalar barpo etilgan. Shu bilan birga, tumanda 700 nafar yangi tadbirkor faoliyat boshladi, 15 ming kishi doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi va 1,5 ming oila kambag‘allikdan chiqishga erishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sessiya davomida Sayxunobod tumanidagi o‘zgarishlarni yuqori baholab, bu hudud avval eng qiyin hududlardan biri bo‘lganini, ammo bugungi kunda aholi turmush darajasi va kayfiyati sezilarli darajada yaxshilanganini ta’kidladi. Shuningdek, Guliston shahrida joriy yilda ichki yo‘llar bo‘ylab avtobus qatnovlarini rivojlantirish maqsadida 52 ta yangi avtobus olib kelingani haqida ma’lumot berilgan.

Ushbu avtobuslar tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi va "Yevro-5" ekologik standartlariga to‘liq javob beradi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
15 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
14 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
13 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 13-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
12 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 12-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 sentabr
11 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY461 Lahore 01:10 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 11-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 10-09-2026