Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

O‘zbekiston Global tinchlik reytingida 67-o‘rinda

O‘zbekiston
33
O‘zbekiston Global tinchlik reytingida 67-o‘rinda
O‘zbekiston dunyoning eng tinch mamlakatlari ro‘yxatida 67-o‘rinni egalladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan tayyorlangan Global Peace Index 2025 reytingida ma’lum qilingan. Ushbu reytingda 163 ta davlatning xavfsizlik va barqarorlik darajasi baholangan.

Tadqiqot mualliflari ta’kidlashicha, dunyo miqyosida tinchlik darajasi pasayishda davom etmoqda. Joriy yilda global tinchlik indeksi o‘rtacha 0,36 foizga kamaygan.

Bu ketma-ket oltinchi yil davomida kuzatilayotgan salbiy tendensiya hisoblanadi. Mutaxassislar bu holatni xalqaro va mintaqaviy mojarolar xavfining ortishi bilan bog‘lamoqda.

O‘zbekiston uchun bu yilgi reyting ijobiy bo‘ldi. Mamlakat o‘tgan yilga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilab, Moldova va Kipr davlatlari orasida joylashdi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa Qozog‘iston 56-o‘rin bilan eng yaxshi natija ko‘rsatgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (78-o‘rin), Tojikiston (79-o‘rin) va Turkmaniston (87-o‘rin) qayd etilgan.

Eng tinch davlatlar ro‘yxatidan Islandiya, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Avstriya, Shveytsariya, Singapur, Portugaliya, Daniya, Sloveniya va Finlyandiya o‘rin olgan. Reytingning quyi pog‘onasida esa Rossiya joylashgan.

Shuningdek, Ukraina, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Yaman, Afg‘oniston, Suriya, Janubiy Sudan, Isroil va Mali eng tinch bo‘lmagan davlatlar sifatida ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Global Peace Index reytingi 23 ta ko‘rsatkichga asoslangan.

Ular orasida jamoat xavfsizligi, ichki va tashqi mojarolar holati hamda davlatlarning militarizatsiya darajasi kabi mezonlar mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026