ENRU

Prezidentlar Buxorodagi yangi intellektual boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdilar

O‘zbekiston
11
Prezidentlar Buxorodagi yangi intellektual boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda hududlardagi ijro hokimiyati organlarini yagona tizim asosida bir nuqtada jamlab boshqarishga qaratilgan yangi mahalliy davlat boshqaruv modeli bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu zamonaviy yondashuv idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish hamda aholi murojaatlarini yanada samarali hal etishga xizmat qiladi.

Buxoroning yangi ma’muriy markazida barpo etilgan mazkur intellektual boshqaruv markazi viloyat boshqaruvining zamonaviy aql markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Dastlabki bosqichda bu yerda viloyat va shahar hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar organlari hamda boshqa mas’ul tuzilmalar birlashtirildi.

Markazda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, investitsiya loyihalari, kommunal va transport infratuzilmasi, jamoat xavfsizligi hamda fuqarolar murojaatlari kabi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida to‘planib, tahlil qilinadi. Oliy martabali mehmonlarga markazning hududlar kesimida vaziyatni kompleks nazorat qilish, muammoli masalalarni oldindan aniqlash, ijro samaradorligini baholash hamda topshiriqlar ijrosini qat’iy monitoring qilish imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari hokimlik xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Yangi bino to‘liq raqamlashtirilgan ish muhiti, zamonaviy kabinetlar va majlislar zallari bilan jihozlangan bo‘lib, davlat xizmatchilarining samarali ishlashi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgan.

Tashrif davomida Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari taqdim etildi. Ular orasida Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy va Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga oid o‘tgan asrning o‘rtalariga tegishli hujjatlar, chizmalar va fotosuratlar mavjud.

Ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va qardoshlik ramzi sifatida ushbu arxiv materiallari Qozog‘iston tomoniga hadya qilindi. Ta’kidlash joizki, mazkur hujjatlarning aksariyati hozirgacha ilmiy muomalaga kiritilmagan bo‘lib, ular Markaziy Osiyo tarixiy merosini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

Ahmad Yassaviy va Robiya Sultonbegim maqbaralari kabi noyob me’moriy yodgorliklar mintaqamizning umumiy madaniy merosida alohida o‘rin tutadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
28 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 avgust
27 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
26 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
25 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
24 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY3021 Buxoro 00:50 32A HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 23 avgust
23 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 23-08-2026