ENRU

Tailand 2026 yildan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi

O‘zbekiston
45
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga kirishi rejalashtirilgan. Dunyo axborot agentligi xabariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 15 iyuldan boshlab amal qiladi va 93 ta davlat fuqarolari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun ham ta’sir ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston fuqarolari Tailandga 60 kungacha vizasiz sayohat qilish imkoniyatiga ega edi. Biroq, yangi qaror qabul qilinishi bilan bu imtiyoz bekor qilinadi va o‘zbekistonliklar endi avvalgidek erkin va vizasiz kirib kela olmaydilar.

Mazkur qaror Tailandning rasmiy nashri bo‘lmish Royal Gazette jurnalida e‘lon qilinganidan keyin 15 kun ichida kuchga kiradi. Hozirda rasmiy e‘lonning kelasi haftada chop etilishi kutilmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Tailandga safar qilishdan oldin majburiy ravishda onlayn viza olishlari kerak bo‘ladi. Buning uchun sayyohlar Thai E-Visa platformasiga murojaat qilib, kerakli hujjatlarni yuklashi va ruxsatnomani oldindan rasmiylashtirishi lozim.

Bu jarayon sayohat rejalashtirishda qo‘shimcha vaqt va e‘tibor talab qiladi. Eslatib o‘tamizki, Tailand hukumati joriy yilning 20 mayida xorijliklar ishtirokidagi jinoyatlar sonining oshib borayotgani sababli, 90 dan ortiq davlat fuqarolari uchun vizasiz muddatni qisqartirishini e‘lon qilgan edi.

Avvalgi qaror bilan 60 kunlik vizasiz rejim 30 kungacha qisqartirilgandi. Endi esa vizasiz kirish tamoman bekor qilinib, barcha xorijiy sayyohlar, shu jumladan o‘zbekistonliklar, oldindan viza olishga majbur bo‘ladilar.

Bu qadam mamlakatdagi xavfsizlikni ta‘minlash va sayohat oqimini nazorat qilish maqsadida qilinmoqda. Sayohat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga rasmiy manbalardan yangiliklarni doimiy kuzatib borish va hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 30 avgust
30 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
29 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
28 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekiston00:10, 28-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 avgust
27 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 27-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
26 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
25 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-08-2026