Bugun
Eron AQSH bilan muloqot boshlash uchun yetti shart qo'ydi
+31°
ясно ветер 2 м/с, С
ENRU

Chiqindi to‘lovi kechiksa, elektr energiyasi to‘xtatiladi

O‘zbekiston
36
Chiqindi to‘lovi kechiksa, elektr energiyasi to‘xtatiladi
2025-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab chiqindi xizmatlari uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagan abonentlarning elektr energiyasi to‘lovi vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yangi tartib 2025-yil 7-martda qabul qilingan 1044-sonli qonunga asosan joriy etilmoqda. Maqsad chiqindi to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov intizomini kuchaytirishdir.

Yangi tizimga ko‘ra, har oy 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar haqidagi ma’lumotlar “Toza makon” elektron billing tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining billing tizimiga uzatiladi. So‘ngra, 5-sanasigacha qarzdor abonentlarga “2100” qisqa raqam orqali SMS xabarnoma yuboriladi.

Ogohlantirishdan so‘ng abonentlarga qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik qo‘shimcha muddat beriladi. Agar ushbu muddat ichida to‘lov amalga oshirilmasa, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati avtomatik tarzda vaqtinchalik cheklanadi.

To‘lov amalga oshirilgach, cheklov avtomatik ravishda bekor qilinadi. Mazkur chora 2025-yil 1-iyulidan boshlab shakllangan chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorliklarga nisbatan qo‘llanadi.

2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklar ushbu tartibga kiritilmaydi. Sanitar tozalash korxonalari chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda aniqlik va haqqoniylikni ta’minlashga mas’uldir.

Agar xizmatlar belgilangan muddatda va sifatda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, abonentlar ko‘rsatilmagan kunlar uchun hisoblangan to‘lovlarni qayta hisoblashni talab qilish huquqiga ega. Aholi chiqindi xizmatlari sifati yoki hisob-kitob bo‘yicha e’tiroz va takliflari bo‘lsa, “Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi”ning 1205 qisqa raqamiga 24 soat davomida murojaat qilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 21 sentabr
21 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 19-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
17 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 17-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 sentabr
16 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 16-09-2026