Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

“PSJ” muxlislari xatti-harakatlari yana muhokamada

Sport
22
“PSJ” muxlislari xatti-harakatlari yana muhokamada
8-fevral kuni Fransiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan “PSJ” va “Marsel” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Parijdagi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu o‘yin natijasi (5:0) bilan bir qatorda, tribunadagi holatlar ham jamoatchilik e’tiborini tortdi. Le Parisien xabariga ko‘ra, “PSJ” muxlislari bu safar o‘z xatti-harakatlari bilan salbiy tomondan ajralib turdi.

Uchrashuv davomida “PSJ” tarafdorlari raqib jamoa sha’niga haqoratli shiorlar aytib, shuningdek, mazmunan shunga o‘xshash bannerlarni namoyish qilishdi. Ayrim iboralarning mazmuni irqchilik sifatida baholanishi mumkinligi ta’kidlangan, ammo yuristlarning fikriga ko‘ra, buni isbotlash oson emas.

O‘yin so‘ngiga 20 daqiqa qolganida tribunada ko‘plab fayerlar yoqilganligi sababli uchrashuv vaqtincha to‘xtatildi. Klub rahbariyati o‘yin boshidan muxlislarga bunday harakatlardan tiyilishni so‘ragan edi, biroq vaziyatni nazorat qilishning imkoni bo‘lmadi.

Ma’lumki, avvalroq “PSJ” muxlislarining xatti-harakatlari sababli klubga tribunaning bir qismini yopish jazosi qo‘llangandi. Endi esa, 18-fevral kuni mahalliy Intizomiy qo‘mita tomonidan shunga o‘xshash sanksiyalar qo‘llanish ehtimoli yuqori.

Bu haqda batafsil ma’lumotni euro-football.ru sayti xabar berdi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026