Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Eldor Shomurodov Yevropa to‘purarlar reytingida kuchli o‘ntalikda

Sport
18
Eldor Shomurodov Yevropa to‘purarlar reytingida kuchli o‘ntalikda
Yevropa futboli doimiy ravishda dunyo sportining markazida turadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, qit’aning eng kuchli chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilar faoliyati barchaning diqqat markazida. Yaqinda nufuzli footmercato.net portali Yevropaning eng yaxshi to‘purarlarini o‘z ichiga olgan yangi reytingni e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatda Germaniya, Angliya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va boshqa kuchli ligalarda to‘p surayotgan hujumchilarning gollari va o‘yinlari tahlil qilingan. Reytingning birinchi o‘rnida “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn joylashgan.

U 21 uchrashuvda 24 ta gol urib, jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shmoqda. Undan keyin esa “Real” hujumchisi Kilian Mbappe joylashgan.

U 22 o‘yinda 23 ta gol kiritib, Keynni ta’qib etishda davom etmoqda. Yevropaning boshqa taniqli futbolchilari, jumladan, Erling Xoland, Vangelis Pavlidis va Ayase Ueda ham yuqori natijalar ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston futbol ishqibozlari uchun esa bu reytingda yana bir xushxabar bor. Legionerimiz Eldor Shomurodov ham kuchli o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

U Turkiya Superligasidagi “Istanbul Bashakshehir” klubi safida barqaror o‘yin ko‘rsatib, 21 uchrashuvda 15 ta gol urdi. Shomurodov Turkiya chempionatida “Beshiktosh”, “Galatasaroy”, “Trabzonspor” kabi kuchli jamoalarga qarshi ham o‘zini ko‘rsata oldi.

Hozircha u faqat ikki jamoa – “Gyoztepe” va “Fenerbahche” darvozasini ishg‘ol qila olmagan. Eldor Shomurodovning Italiyadan keyin Turkiyada tez moslashgani va samarali o‘yin namoyish qilayotgani uning tajribasi va mahoratini yana bir bor tasdiqlaydi.

Agar u shu tempda davom etsa, mavsum oxirida reytingda yanada yuqori o‘rinlarni egallashi mumkin. Yevropadagi golchilar poygasining qizg‘in kechayotgani shubhasiz, ammo biz uchun eng quvonarlisi – O‘zbekiston vakilining kuchli o‘ntalikda bo‘lishidir.

Manba: footmercato.net

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026