Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

“Xaydenxaym” va “Shtutgart” o‘yini 3:3 hisobida yakunlandi

Sport
70
“Xaydenxaym” va “Shtutgart” o‘yini 3:3 hisobida yakunlandi
Germaniya chempionati 23-turida “Xaydenxaym” jamoasi o‘z maydonida “Shtutgart”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jadvalning quyi qismida qolib ketgan “Xaydenxaym” bu safar gollarga boy va qiziqarli uchrashuv namoyish etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar berdi.

O‘yin boshidanoq keskin va murosasiz kechdi. 5-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi: Kris Fyurix raqib himoyachidan to‘pni olib, aniq zarba yo‘lladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, “Xaydenxaym” hujumchisi Kristian Kontening zarbasi bloklandi, ammo Eren Dinkchi vaziyatdan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi. Keyin Ermədin Demirovich “Shtutgart”ni yana oldinga olib chiqdi, lekin VAR orqali epizodga qayta baho berilib, gol bekor qilindi.

Sababi, avvalroq Dinkchiga nisbatan qoida buzilgani aniqlangan edi. Natijada “Xaydenxaym” futbolchisi Arijon Ibrohimovich penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini 2:1 hisobida oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim yakunida esa “Shtutgart” ham penaltidan gol urib, Maksimilian Mittelshtedt hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin juda keskin davom etdi.

73-daqiqada Demirovich yana gol urdi, ammo bu safar ofsayd qayd etilib, hisob o‘zgarmadi. 82-daqiqada “Xaydenxaym” futbolchisi Sirlord Konte jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Biroq ko‘p o‘tmay, mehmon jamoa futbolchisi Denis Undav Nikolas Narteyning uzatmasidan so‘ng javob golini urdi va o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi. Ushbu durangdan so‘ng “Shtutgart” turnir jadvalining 4-o‘rnida qoldi.

“Xaydenxaym” esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan keyin ilk bor ochko qo‘lga kiritdi, lekin baribir jadvalning pastki qismida qolmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026