Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Antuan Grizmann Orlando Siti jamoasiga qo‘shildi

Sport
25
Antuan Grizmann Orlando Siti jamoasiga qo‘shildi
Amerika professional futbol ligasining Orlando Siti klubi o‘z tarixida yangi sahifa ochdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Fransiya terma jamoasi safida 2018-yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va Ispaniyaning Atletiko Madrid jamoasida o‘zini isbotlab bergan mashhur hujumchi Antuan Grizmannning transferi rasman tasdiqlandi. Klub boshqaruvi bu voqeani katta qiziqish bilan kutib oldi va barcha muxlislar uchun xushxabar ekanligini ta’kidladi.

Klubning asosiy egasi va boshqaruv kengashi raisi Mark Uilf so‘zlariga ko‘ra, Antuanning jamoaga qo‘shilishi nafaqat klub uchun, balki butun shtat va Amerika futboliga oid tarixiy voqeadir. Bu harakat liganing obro‘sini oshirish va futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadamb bo‘lib hisoblanadi.

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2026-yil iyul oyidan boshlab amalga oshadi. Shartnoma muddati 2027 va 2028-yilgi mavsum oxirigacha davom etadi.

Bundan tashqari, kelajakda bu muddatni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Grizmannning Orlando Siti safiga kelishi jamoaning hujum qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi.

Uning tajribasi va darajasi yosh futbolchilar uchun katta o‘rginish manbai bo‘ladi. Shu bilan birga, bu transfer Amerika futbolining xalqaro miqyosdagi obrosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muxlislar endi jahon darajasidagi futbolchining o‘yinini yaqindan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa stadionlarda futbolga bo‘lgan qiziqishni oshirish va liganing rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026