Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 oktabr
+26°
пасмурно ветер 1 м/с, С
ENRU

O‘zbekiston bokschilari Ulan-Batorda Osiyo chempionatida kurashadi

Sport
27
O'zbekiston bokschilari Ulan-Batorda Osiyo chempionatida kurashadi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri 30 martdan 10 aprelga qadar kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq va raqobatbardosh tarkib bilan ishtirok etib, yuksak natijalar uchun ringga chiqadi. Milliy jamoa vakillari turli vazn toifalarida sovrinli o‘rinlar uchun kurashib, shon-sharafimizni himoya qilishadi.

Erkaklar jamoasi safida Asilbek Jalilov, Shahzod Muzaffarov, Abdurahmon Mahmudjonov, Abdulloh Madaminov, Havasbek Asadullayev, Javohir Abdurahimov, Fazliddin Erkinboyev, Jasurbek Yo‘ldoshev, Halimjon Mamasoliyev va Arman Maxanov kabi iqtidorli bokschilar ishtirok etadi. Ularni Rahmatjon Ro‘ziohunov, Ruslan Telimbayev, Ramzjon Ahmedov, Sherzodbek Ahmadjonov va Nursultan Bo‘rixanov kabi tajribali murabbiylar tayyorlamoqda.

Ayollar terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan musobaqaga yo‘l olgan. Ular safida Sabina Boboqulova, Gulsevar Ganiyeva, Xumorabonu Mamajonova, Nigina O‘ktamova, Mushtariybonu Mamajonova, Feruza Abdualimova, Oysha Toirova, Aziza Zokirova, Ruxshona Parpiyeva va Oltinoy Sotimboyeva bor.

Ayollar jamoasiga Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Azim Xudayqulov va Lazizbek Sharifjonov murabbiylik qilmoqda. Jamoa tarkibida shifokor sifatida Dilshod Kazakov faoliyat yuritadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu chempionat O‘zbekiston bokschilari uchun nafaqat medallar, balki xalqaro tajriba va reyting uchun ham muhim sinov bo‘ladi. Muxlislar esa jamoamizdan yana bir bor yorqin g‘alabalar va kuchli chiqishlar kutib qolmoqda.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

Roberto Manshini «Manchester Siti»dagi moliyaviy muammolar bo‘yicha munosabat bildirdi
Roberto Manshini «Manchester Siti»dagi moliyaviy muammolar bo‘yicha munosabat bildirdi
Manchester Siti klubining sobiq bosh murabbiyi Roberto Manshini ingliz klubiga nisbatan qo‘yilgan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
SportBugun, 00:09
«Manchester Siti» rahbari Britaniya vaziri bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
«Manchester Siti» rahbari Britaniya vaziri bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Angliya futbolining yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan Manchester Siti klubi atrofidagi moliyaviy mojarolar endilikda siyosiy tus olmoqda. Bloomberg nashri bergan
SportKecha, 23:50
«Manchester Siti» Xolandni quyi ligaga tushsa ham qo'yib yubormaydi
«Manchester Siti» Xolandni quyi ligaga tushsa ham qo'yib yubormaydi
Manchester Siti klubining moliyaviy qoidabuzarliklari bilan bog‘liq sud jarayonlari davom etayotgan bir paytda, jamoaning asosiy yulduzi Erling Xolandning kelajagi borasidagi savollar ko‘paymoqda.
SportKecha, 03:54
Erling Xoland Norvegiya aviakompaniyasini sudga berganligi ma'lum bo'ldi
Erling Xoland Norvegiya aviakompaniyasini sudga berganligi ma'lum bo'ldi
Manchester Siti jamoasining taniqli hujumchisi Erling Xoland o‘zining shaxsiy brendi va savdo belgilaridan ruxsatsiz foydalangani uchun Norvegiyaning Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga
SportKecha, 03:36
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi lagerini kutilmaganda tark etdi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi lagerini kutilmaganda tark etdi
Portugaliya milliy terma jamoasi atrofida yuzaga kelgan keskin vaziyat jahon futbol jamoatchiligi e’tiborini tortmoqda. Jamoa sardori, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu
SportKecha, 03:09
Dzyudochi Shahram Ahadov Osiyo o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritdi
Dzyudochi Shahram Ahadov Osiyo o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Dzyudo
SportKecha, 02:52