Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Ronaldo o‘qituvchining ranjituvchi so‘zlarini bugun ham unutmagan

Sport
57
Ronaldo o'qituvchining ranjituvchi so'zlarini bugun ham unutmagan
Dunyoning eng buyuk futbolchilaridan biri hisoblangan Krishtiano Ronaldo o‘zining bolalik davridagi og‘ir tajribasi va shu orqali qanday kuchli shaxsga aylanganini ochiqdan-ochik gapirib berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning aytishicha, o‘n bir yoshida maktabdagi o‘qituvchisi unga juda qattiq va ranjituvchi so‘zlar aytgan. O‘sha paytda hali juda ozg‘in, kichkina va moddiy jihatdan talaydagi bola bo‘lgan Ronaldo o‘qituvchisining: "Sening hech qachon professional futbolchi bo‘lib yetishishing mumkin emas" degan so‘zlarini bugun ham unutmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ustoz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ziga qarab: "Krishtiano, sening tanang juda zaif va sen hech narsaga qodirsan emas" deb e’lon qilgan. Ronaldo o‘sha kuni ko‘z yoshlarini tiyolmay uyiga qaytganini tan oladi.

Biroq aynan shu vokea uning hayotida eng muhim qarorni qabul qilishiga sabab bo‘lgan. Uning yuragining chuqurligida katta bir istak o‘yog‘lanib, unga qarshi isbotlashga qasam ichgan.

U o‘sha kuni o‘ziga vaatib, barcha shubhalarga javob berishga va o‘qituvchisi noto‘g‘ri ekanini dunyoga ko‘rsatishga qaror qilgan. Bu qiyin holat uni tinmay mehnat qilishga undagan.

Boshqa bolalar dam olib, hovlida o‘ynab yurgan paytlarda u butunlay boshqa yo‘l tanlagan. Ertalab ham, kechasi ham uning birorta bahonasi bo‘lmagan.

Uning hayotida dam olish, ta’til yoki shodlik kabi tushunchalar vaqtincha o‘chirilgan edi. Faqatgina cheksiz mehnat va intilish qolgan.

U oyoqlari og‘riguncha, nafas ololmay qolguncha mashg‘ulot o‘tkazgan. Futbol yulduzi yakunda har bir yutuqni o‘sha eski gaplarga javob sifatida ko‘rishini ta’kidladi.

Uning har bir yugurishi, urgan gollari va qo‘lga kiritgan kuboklari o‘sha shubhalarga berilgan eng qattiq javob bo‘lgan. Bu hikoya har bir inson uchun mehnat va ishonchning qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatib turadi.

Manba: One.uz
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026