Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Eron Sardor Azmun mol-mulklarini musodara qilishni boshladi

Sport
37
Eron Sardor Azmun mol-mulklarini musodara qilishni boshladi
Eron hukumati mashhur futbolchi Sardor Azmungga nisbatan jiddiy choralar ko‘rishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, u «sionistik rejim va Amerika Qo‘shma Shtatlarining terrorchi hukumati»ga yordam berganlikda gumon qilinmoqda. 26 mart kuni Golestan viloyati bosh prokurori 16 nafar fuqaroning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan mol-mulklarini musodara qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

Fars News Agentligi xabariga ko‘ra, ushbu “qora ro‘yxat”da 31 yoshli hujumchi Sardor Azmun ham bor. Bu voqea futbolchi atrofidagi bahs-munozaralarni yanada kuchaytirdi.

Oldinroq ommaviy axborot vositalarida uni milliy jamoa safidan chetlatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga sabab sifatida uning ijtimoiy tarmoqlarda Muhammad ibn Rashid Al Maktum bilan tushgan suratini joylashtirgani ko‘rsatilgan.

Foto: Getty Images. Sardor Azmun 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarining «Shabob Al Ahli» klubida o‘ynamoqda.

Ba’zi eronlik futbol tahlilchilari bu harakatni hukumat siyosatiga nisbatan sadoqatsizlik belgisi deb baholamoqda. Shuning uchun ham bu holat nafaqat sport, balki siyosiy sohalarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bunday qarorlar futbolchining faoliyati va xalqaro imijiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Endilikda e’tibor ushbu masalaning qanday yakunlanishi va Sardor Azmunning keyingi taqdiri qanday bo‘lishiga qaratilgan.

Manba: Fars News Agency.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026