Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Arne Slot Everton ustidan qozonilgan g‘alaba muhimligini ta’kidladi

Sport
17

Arne Slot Everton ustidan qozonilgan g‘alaba muhimligini ta’kidladi
Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot Everton jamoasiga qarshi o‘yinda qozonilgan 2:1 lik g‘alabadan so‘ng o‘z muloqotida jamoa uchun ushbu bahsning qanchalik muhim bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Murabbiyning fikricha, jamoa avvalroq PSJ va Manchester Siti kabi kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushgan edi. O‘sha o‘yinlarda natija jamoa foydasiga kechmagan bo‘lsa-da, futbolchilar yuqori darajadagi mahorat ko‘rsatganlarini qayd etdi.

Slot mavsum davomida tarkibda yuzaga kelgan jiddiy yo‘qotishlar jamoaning umumiy natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi. Ayniqsa, asosiy tarkibdagi muhim o‘yinchilarning jarohat olishi bir qancha qimmatli ochkolarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Shu sababli, Everton ustidan qozonilgan g‘alaba ham futbolchilar, ham muxlislar uchun katta quvonch bag‘ishlaganini bildirdi. Murabbiy ushbu g‘alaba nafaqat o‘zi va murabbiylar shtabi, balki butun jamoa uchun ruhiy ko‘tarinkis bo‘lganini ta’kidladi.

U muxlislar bilan umumiy maqsadlar borligini va hamma yaxshi natijalarga erishishni istashini, ammo ayrim imkoniyatlar va vaziyatlar tufayli barcha rejalar amalga oshmaganini tushuntirdi. Shuningdek, Arne Slot mavsumning noodatiy va murakkab kechganini misol keltirib, bir jamoada ikki darvozabonning bir vaqtda jarohat olishi juda kam uchraydigan holat ekanini aytdi.

Bunday kutilmagan qiyinchiliklar jamoaning ishini ancha murakkablashtirganini qo‘shimcha qildi. Yakunda u Everton ustidan qozonilgan g‘alaba hozirgi vaqtda eng muhim natija ekanini alohida ta’kidladi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026