Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Manchester Siti Arsenal ustidan g‘alaba qozonib chempionlikka yaqinlashdi

Sport
56

Manchester Siti Arsenal ustidan g‘alaba qozonib chempionlikka yaqinlashdi
Angliya Premyer ligasining 33 turidagi eng asosiy bahslardan biri bo‘lgan Manchester Siti va Arsenal o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Manchesterda bo‘lib o‘tgan ushbu bahs kutilganidek juda keskin va hayajonli kechdi. Chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoaning to‘qnashuvida Manchester Siti o‘z maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin yuqori tempda boshlandi va 16-daqiqada Rayan Sherki aniq zarba orttiriib, hisobni ochdi. Biroq Arsenal jamoasi bu holatga uzoq vaqt befarq qolmadi.

18-daqiqada Kay Haverts raqib darvozabonining xatosidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinning taqdirini Erling Xoland hal qildi.

U 65-daqiqada urgan goli bilan Siti jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning ishtiroki alohida e’tiborni tortdi.

Milliy terma jamoamiz himoyachisi asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa davomida harakat qildi. Yosh himoyachi o‘z pozitsiyasida ishonchli o‘ynab, 6.8 bahoga loyiq ko‘rildi va murabbiy ishonchini oqladi.

Statistikaga ko‘ra, Siti safida eng yuqori ko‘rsatkichga Rayan Sherki (8.4) erishdi. Shuningdek, Rodri va Jeremi Doku ham jamoa g‘alabasiga sezilarli hissa qo‘shdi.

Arsenal tomonida esa Kay Haverts eng faol futbolchilardan biri bo‘ldi, ammo Martin Edegor va Deklan Rays kutilgan natijani ko‘rsata olishmadi. Darvozabonlar orasida Janluidji Donnarumma va David Rayya o‘rtacha o‘yin namoyish etishdi.

Ushbu g‘alaba bilan Pep Gvardiola shogirdlari ochkolarini 67 taga yetkazib, jadvalning ikkinchi o‘rnini egallashdi. Ular peshqadam Arsenal jamoasidan atigi 3 ochko orqada qolmoqdalar va qo‘shimcha o‘yin o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Bu esa chempionlik poygasi hali yakunlanmaganini va har bir uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini anglatadi. Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026