Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

«Portugaliya» «O‘zbekiston»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi

Sport
66
«Portugaliya» «O‘zbekiston»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi
JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bahsda yevropa jamoasi 5:0 hisobida yirik g‘alaba qozondi. WhoScored xalqaro statistika portali uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilarning harakatlarini baholadi.

Krishtianu Ronaldu ikki gol urgan holda eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Portugaliya sardoriga 9 ball qo‘yildi.

Ronaldudan keyin Nunu Mendesh 8,8 ball, Brunu Fernandesh esa 8,7 ball bilan yuqori natija qayd etdi. Ruben Diash va Joau Kanseluning harakatlari 7,9 ballga baholandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi safida Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov eng yuqori — 6,5 ball oldi. Abbosbek Fayzullayev va Behruz Karimovga 6,3 balldan qo‘yildi.

Milliy jamoamizda eng past baholar Abduvohid Ne’matov, Otabek Shukurov va Odil Hamrobekovga berildi. WhoScored ro‘yxatida Ne’matov 4,4, Shukurov 5,4, Hamrobekov esa 5,5 ball olgan.

Portugaliya tarkibida Koshta 7,5, Mendesh 8,8, Veyga 7,1, Diash 7,9, Kanselu 7,9, Vitinya 7,1, Nevesh 7,0, Feliks 7,4, Fernandesh 8,7, Netu 6,7 va Ronaldu 9,0 ball oldi. O‘zbekiston tarkibida Ne’matov 4,4, Nasrullayev 6,0, Husanov 6,5, Abdullayev 5,8, Ashurmatov 5,8, Shukurov 5,4, Hamrobekov 5,5, Karimov 6,3, G‘aniyev 6,1, Fayzullayev 6,3 va Shomurodov 6,5 ball oldi.

Shu tariqa, dubl muallifi Krishtianu Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida eng yuqori bahoni qo‘lga kiritdi. Manba: One.uz

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026