Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Nuno Mendesh jarima zarbasini kuchli urib O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Sport
24
Nuno Mendesh jarima zarbasini kuchli urib O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nuno Mendesh Jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda urgan g‘alaba goliga oid fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Portugaliyalik futbolchi bahsning o‘n yetinchi daqiqasida jarima zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvozaga yo‘llab, hisobni o‘zgartirgan edi. Qizig‘i, o‘sha vaziyatda to‘p oldida jarima zarbalarining mohir ijrochisi Krishtianu Ronaldu ham turgandi.

Ammo raqib kutmagan holda zarbani Mendesh amalga oshirdi. Futbolchining aytishicha, bu kombinatsiya tasodifan yuzaga kelmagan.

Portugaliya terma jamoasi uni mashg‘ulotlarda maxsus tayyorlagan. Biz buni mashg‘ulotlarda ishlab chiqqanmiz.

Odatda hamma jarima zarbasini Krishtianu ijro etadi, deb o‘ylaydi. Kelajakda ham ushbu usuldan foydalanishimiz mumkin.

Balki zarbani men emas, boshqa futbolchi yo‘llar, ammo bu yana ish berishi mumkin, dedi Mendesh. Himoyachi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Portugaliya futbolchilari uchrashuvning barcha daqiqalarida yuqori darajadagi diqqatni saqlab qolganini ham ta’kidladi.

Biz juda xursandmiz. O‘yin davomida to‘liq diqqatimizni jamladik.

Endi yaxshi tiklanib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Maqsadimiz — guruhda birinchi o‘rinni egallash, dedi u.

Nuno Mendesh terma jamoa atrofidagi tanqidlarga ham munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosim va tanqid professional futbolning ajralmas qismi hisoblanadi.

Tanqid futbolning bir qismi. Biz bunga ko‘nikib qolganmiz.

Jamoada barcha bir-biriga yordam beradi va har qanday bosimga tayyor. Eng muhimi — murabbiy talab qilayotgan o‘yinni namoyish etish va o‘z g‘oyamizga sodiq qolish, deya qo‘shimcha qildi Portugaliya terma jamoasi himoyachisi.

Manba: one.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026