Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Portugaliya murabbiyi O‘zbekistonga qarshi g‘alabada his-tuyg‘ular muhim omil bo‘lganini aytdi

Sport
36
Portugaliya murabbiyi O‘zbekistonga qarshi g‘alabada his-tuyg‘ular muhim omil bo‘lganini aytdi
Portugaliya milliy futbol jamoasining bosh murabbiyi Roberto Martines O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ispaniyalik murabbiy mazkur uchrashuvda jamoa uchun eng muhim jihat his-tuyg‘ularni nazorat qilish va belgilangan o‘yin rejasiga sodiq qolish bo‘lganligini aytdi. Menimcha, bu o‘yindagi asosiy omil his-tuyg‘ularni boshqara bilish edi.

Birinchi uchrashuvda gol urgandan keyin o‘z rejamizni, maydondagi intizom va pozitsion tartibni yo‘qotib qo‘ygandik, dedi Martines. Murabbiyning aytishicha, O‘zbekistonga qarshi bahsda Portugaliya futbolchilari birinchi daqiqalardanoq qanday harakat qilish kerakligini yaxshi tushungan va tanaffusgacha taktik rejani to‘g‘ri amalga oshirgan.

Bu safar vaziyat boshqacha bo‘ldi. Tanaffusgacha qanday o‘ynashimiz kerakligini aniq tushungan holda harakat qildik.

Zaxiradan maydonga tushgan besh nafar futbolchi ham taktik intizomni yuqori darajada saqlab qoldi. Bu hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, deya ta’kidladi u.

Martines ikkinchi gol Portugaliyaga ruhiy ustunlik berganini, O‘zbekiston terma jamoasining bekor qilingan goli esa o‘yin ssenariysiga ta’sir ko‘rsatganini ham qayd etdi. Ikkinchi gol bizga juda katta yordam berdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning goli hisobga olinmagani ham o‘yin manzarasiga ta’sir qildi. Boshqa uchrashuvda shunday gol hisoblangan va bu butun bahsning borishini o‘zgartirgan edi, dedi murabbiy.

Portugaliya bosh murabbiyi jamoasi avvalgi uchrashuvda yo‘l qo‘ygan xatolardan tezda to‘g‘ri xulosa chiqarganidan mamnun ekanini bildirdi. Umuman olganda, juda xursandman.

Chunki birinchi o‘yindagi xatolarimizni tez tahlil qilib, ularni takrorlamaslikka erishdik, deya qo‘shimcha qildi Martines. O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Portugaliya terma jamoasi ochkolarini sonini 4 taga yetkazdi.

Hali ochko to‘play olmagan O‘zbekiston esa guruh jadvalida to‘rtinchi va so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Manba: one.uz

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026