Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 60-pog‘onaga tushib qoldi

Sport
43
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 60-pog‘onaga tushib qoldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta mag‘lubiyatdan so‘ng FIFA reytingida sezilarli darajada pastladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Terma jamoa 50-o‘rindan 60-pog‘onaga tushib, jami 49,20 reyting ochkosini yo‘qotdi. Hozirgi hisob-kitobga ko‘ra O‘zbekistonning jamg‘armasi 1409,73 ballni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston dastlab Kolumbiyaga 1:3 hisobida yutqazib, 14,25 ochkodan ayrildi. Portugaliyaga qarshi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat yana 11,64 ochko yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi.

Kongo DRga qarshi so‘nggi uchrashuvdagi 1:3 hisobidan keyin esa jamoa hisobi yana 23,10 ochkoga kamaydi. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan Kolumbiya aksincha reytingda yuqoriladi.

Jamoa O‘zbekiston va Kongo DR ustidan g‘alaba qozonib, Portugaliya bilan durang o‘ynadi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra kolumbiyaliklar 29,07 ochko qo‘shib oldi va 13-o‘rindan 11-pog‘onaga ko‘tarildi.

Ularning umumiy ko‘rsatkichi 1727,42 ballga yetdi. Portugaliya guruhda bir g‘alaba va ikki durang qayd etdi.

Kongo DR bilan 1:1 natija jamoaga 12,76 ochko yo‘qtirgan bo‘lsa, O‘zbekiston ustidan yirik g‘alaba 11,64 ochko qaytardi. Kolumbiya bilan durangdan keyin yana ochko kamaydi.

Natijada Portugaliya 1766,74 ball bilan 5-o‘rindan 8-pog‘onaga tushdi. Kongo DR uchun esa O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba katta o‘sish olib keldi.

Afrika jamoasi guruhda Portugaliya bilan durang o‘ynadi, Kolumbiyaga yutqazdi va O‘zbekistonni yengdi. Shu natijalardan keyin Kongo DR 21,05 ochko qo‘shib, 46-o‘rindan taxminan 41-pog‘onaga ko‘tarildi.

Jamoa hisobida 1495,48 ball bor. Manba: one.uz

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026