Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Germaniya va Paragvay pley-offda Foksboro da toqnash keladi

Sport
27
Germaniya va Paragvay pley-offda Foksboro da toqnash keladi
Jahon chempionatining pley-off bosqichida Germaniya hamda Paragvay terma jamoalari to‘qnash keladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

1/16 final doirasidagi uchrashuv bugun soat 01:30 da Bostondagi Foksboro stadionida o‘tkaziladi. Yulian Nagelsmann Germaniyani 4-2-3-1, Gustavo Alfaro esa Paragvayni 4-5-1 sxemasida maydonga tushiradi.

Darvozalarni Manuel Noyer va Orlando Xil qo‘riqlaydi. Germaniyaning himoya chizig‘ida Yozua Kimmix, Antonio Ryudiger, Jonatan Ta va Nataniel Braun joy olgan.

Tayanch yarim himoyada Feliks Nmecha bilan Aleksandr Pavlovich o‘ynaydi. Hujumlarni tashkil etish vazifasi Leroy Zane, Deniz Undav va Florian Virs zimmasiga yuklatilgan.

Kay Havers esa eng oldingi chiziqda harakat qiladi. Zaxirada Jamal Musiala, Leon Goretska, Nik Voltemade, Maksimilian Bayer, Paskal Gross, David Raum va boshqa futbolchilar bor.

Paragvay tarkibida Xulio Ensiso, Migel Almiron va Andres Kubas kabi futbolchilar asosiy tarkibdan o‘rin olgan. Jamoaning yagona hujumchisi sifatida Gabriel Avalos maydonga tushadi.

Paragvay zaxirasida Omar Alderete, Fabian Balbuena, Ramon Sosa, Antonio Sanabriya, Aleks Arse va Isidro Pitta kabi futbolchilar uchrashuvga qo‘shilishga tayyor. Germaniya to‘p nazorati va qanotlar orqali hujum qilishga urinsa, Paragvay markazni zich yopib, qarshi hujumlarga tayanishni rejalashtirgan.

G‘olib jamoa jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqadi. Manba: One.uz

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026