Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Koubek Chexiya terma jamoasini tark etdi

Sport
20
Koubek Chexiya terma jamoasini tark etdi
Chexiya futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek lavozimini tark etganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishgani ma’lum qilindi. Murabbiyning ketishiga jamoaning Jahon chempionati 2026 musobaqasidagi omadsiz ishtiroki asosiy sabab bo‘ldi.

Miroslav Koubek chexiya terma jamoasi boshqaruviga yaqinda, 2025 yilning dekabr oyida kelgan edi. U qisqa vaqt ichida mamlakatda haqiqiy qahramonga aylanishga ulgurgandi.

Tarixiy yutuq sifatida Koubek qo‘l ostida chexiyaliklar pley-off bosqichida Irlandiya va Daniya terma jamoalarini mag‘lub etib, 20 yil davomida kutilgan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi. Biroq, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Chexiya terma jamoasi mutlaqo muaffaqiyatsizlikka uchradi.

Jamoa guruh bosqichida kuchsiz o‘yin ko‘rsatib, muxlislar hafsalasini pir qildi. Uchta o‘yinda atigi 1 ochko jamg‘argan jamoa turnir bilan erta xayrlashishga majbur bo‘ldi.

Chexiya terma jamoasining guruhdagi natijalari shunday bo‘ldi. Birinchi turda Janubiy Koreya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ikkinchi turda Janubiy Afrika Respublikasiga 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchinchi turda esa Meksika terma jamoasiga 0:3 hisobida yengil ketdi.

Guruhdagi bu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng chexiya futbol rahbariyati Koubek bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qildi. Mintaqada katta shov shuv va umidlar bilan boshlangan qisqa muddatli Koubek davri Jahon chempionatidagi bu natija bilan yakun topdi.

Endi Chexiya terma jamoasi yangi bosh murabbiy qidirishga majbur holga keldi. Manba: one.uz

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026