Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Sun’iy intellekt noto‘g‘ri dieta bilan kasallik keltirdi

Texnologiya
74
Sun’iy intellekt noto‘g‘ri dieta bilan kasallik keltirdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 60 yoshli bir erkak sun’iy intellektdan dietaga oid maslahat olgach, natijada ruhiy kasalxonaga yotqizildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat haqida Vashington universiteti olimlari ma’lumot berib, o‘z xulosalarini Annals of Internal Medicine jurnalida e’lon qilishdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ilgari ruhiy kasalliklar bilan og‘rimagani ma’lum bo‘lgan pensioner qo‘shnisining uni zaharlayotganidan shubhalanib, tez yordamga murojaat qilgan.

U shifokorlarga uyda faqat distillangan suv ichganini va murakkab, tuzsiz parhezga rioya qilganini aytgan. Shu bilan birga, uning paranoiyasi tufayli unga berilgan suvni ham ichishdan bosh tortgani qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur parhez sun’iy intellekt – neyron tarmoq tomonidan tavsiya qilingan. Bu tizim pensionerga natriy xloridni, ya’ni tuzni bormid bilan almashtirish mumkinligini tushuntirgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ehtimol, u ChatGPT 3.5 yoki ChatGPT 4.0 dan xloridni dietadan qanday chiqarish haqida so‘ragan. Biroq bormid moddasining organizmda to‘planishi bormizmaga olib kelishi mumkin.

Bormizma terida toshma, letargiya, xotira buzilishi va boshqa nevrologik muammolar bilan namoyon bo‘ladigan surunkali zaharlanishdir. Ushbu holat sun’iy intellektdan olingan noto‘g‘ri tavsiyaning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Shuning uchun tibbiy masalalarda faqat malakali mutaxassislarning maslahatiga murojaat qilish zarur. Sun’iy intellekt vositalari yordamchi vosita sifatida qo‘llanishi mumkin, biroq ularning tavsiyalari har doim ham to‘liq ishonchli emas.

Odamlar sog‘lig‘ini himoya qilish uchun ehtiyotkorlik va mas’uliyat talab etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026