Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Apple arzon MacBook modelini 2026 yilda chiqaradi

Texnologiya
59
Apple arzon MacBook modelini 2026 yilda chiqaradi
Apple kompaniyasi yaqin kelajakda o‘zining an’analarini o‘zgartirib, o‘rta narxli bozorga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rozetked nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya A18 Pro telefonda ishlatiladigan chip asosida arzon narxdagi MacBook modelini ishlab chiqmoqda. Yangi noutbuk 12,9 dyuymli ekranga ega bo‘ladi va uning narxi taxminan 600–700 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Bu esa hozirgi kunda mavjud MacBook Air modellari narxidan ancha arzon hisoblanadi, chunki ular kamida 999 dollardan sotila boshlaydi. Ushbu yangi MacBook asosan budjet imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Mahsulot ta’lim sohasidagi iPad va Chromebook qurilmalari bilan raqobatlashish uchun emas, balki keng omma uchun ishlab chiqilmoqda. Apple so‘nggi o‘n yil ichida bunday arzon narxdagi noutbuk ishlab chiqarmagan.

Arzon MacBook ishlab chiqarish jarayoni Tayvanning Quanta Computer kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim komponentlarni ishlab chiqarish joriy yilning oxirida boshlanadi, to‘liq model esa 2026 yil boshida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Bu yangilik Apple mahsulotlari bozorida yangi segmentni ochishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026