Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Video o‘yin ishlab chiquvchilarining 90 foizi AI dan foydalanmoqda

Texnologiya
67
Video o‘yin ishlab chiquvchilarining 90 foizi AI dan foydalanmoqda
Google Cloud tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, video o‘yin ishlab chiquvchilarning taxminan 90 foizi ish jarayonini yengillashtirish maqsadida sun’iy intellektdan foydalanmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu so‘rov AQSh, Janubiy Koreya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiyada faoliyat yuritayotgan 615 nafar mutaxassis o‘rtasida o‘tkazildi. Tadqiqot ko‘rsatdiki, ishlab chiquvchilar takroriy va murakkab vazifalarni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanib, ijodiy ishlariga ko‘proq vaqt ajrata olmoqda.

Masalan, matn, ovoz, dastur kodi va video materiallarni qayta ishlash va optimallashtirish jarayonlari AI yordamida tezlashmoqda. So‘nggi yillarda o‘yin sanoati ishlab chiqarish xarajatlari oshishi va loyihalar muddati cho‘zilishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

Shu sababli ko‘plab kompaniyalar sun’iy intellekt texnologiyalariga murojaat qilib, xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni tezlashtirishga intilmoqda. Biroq, sun’iy intellektdan foydalanish masalasi hali ham bahsli hisoblanadi.

Ish o‘rinlarining qisqarishi, mualliflik huquqlari bilan bog‘liq muammolar va ishlab chiquvchilarga to‘lanadigan haqning kamayishi kabi xavotirlar mavjud. Shunga qaramay, ishlab chiquvchilarning 94 foizi AI texnologiyalari kelajakda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblaydi.

Lekin ayrim mutaxassislar sun’iy intellektga qilingan sarmoyaning samaradorligini aniq baholash qiyinligini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, AI tomonidan yaratilgan kontentga egalik huquqi masalasi hamon hal etilmagan muammo sifatida qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
TexnologiyaKecha, 12:29
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026