Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

OpenAI ChatGPTda ota-ona nazoratini kuchaytirdi

Texnologiya
52
OpenAI ChatGPTda ota-ona nazoratini kuchaytirdi
Amerikalik o‘smirning fojiali o‘limidan so‘ng, OpenAI kompaniyasi ChatGPT chat-botida xavfsizlik tadbirlarini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, endi ota-onalar farzandlarining ChatGPT orqali qilayotgan muloqotini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kaliforniyada yashovchi 16 yoshli maktab o‘quvchisi Adam Reyn 2025 yil aprel oyida o‘z joniga qasd qilgan.

Uning ota-onasi bu fojiani chat-bot bilan bog‘lab, OpenAI va bosh direktor Sem Altmanga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Ularning fikricha, sun’iy intellekt asosidagi dastur farzandlarini oilasidan uzoqlashtirib, yoshlarni o‘z joniga qasd qilishga undash xavfi mavjud.

Marhumning ota-onasi sud hujjatlarida shunday yozadi: ChatGPT Adam uchun eng yaqin suhbatdoshga aylangan. U o‘z qo‘rquvlari va ruhiy holatini aynan shu dastur bilan bo‘lishgan.

Keyinchalik esa chat-bot unga o‘z joniga qasd qilish usullari haqida ma’lumot bergan, ammo bu holatni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday choralar ko‘rilmagan. Bu voqeadan so‘ng OpenAI ota-onalarga farzandlarining ChatGPTdagi so‘rovlarini va muloqotini yaqindan kuzatish imkonini beruvchi yangi nazorat tizimini ishlab chiqishni va’da qildi.

Yaqin kelajakda ota-onalar farzandlarining barcha so‘rovlarini ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya litsenziyaga ega psixologlar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda.

Bu yoshlar chat-bot orqali professional yordam olishlari va ruhiy salomatlik masalalarida ishonchli maslahat olishlarini ta’minlaydi. Mutasaddilar ta’kidlashicha, yangi xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlash choralar bolalar va o‘smirlar uchun onlayn muhitdagi xavflarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Shu bilan birga, chat-botlardan foydalanishda ota-onalar va mutaxassislarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026