Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Smartfon qizishini oldini olish usullari haqida maslahatlar

Texnologiya
107
Smartfon qizishini oldini olish usullari haqida maslahatlar
Hozirgi kunda smartfonsiz hayotni tasavvur qilish deyarli imkonsizdir. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Biroq, vaqt o‘tishi bilan yoki noto‘g‘ri foydalanish natijasida smartfon qizib ketishi mumkin. Bu holat nafaqat qurilmaning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki xavfsizlik muammolariga ham olib kelishi mumkin.

Quyida smartfonning qizib ketishining asosiy sabablari va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan. Birinchidan, yuqori protsessor yuki smartfonning tez qizishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘p ilovalar bir vaqtning o‘zida ishlatilsa, qurilma haddan tashqari isiydi. Bu holatda fon ilovalarini yopish va qurilmani 10-15 daqiqa dam olishga qo‘yish tavsiya etiladi.

Ikkinchidan, tashqi omillar, masalan, quyosh nurlarida uzoq vaqt saqlash yoki cho‘ntakda qopda ushlab yurish ham telefonning qizishiga olib keladi. Telefonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmaydigan, havo aylanishi yaxshi bo‘lgan joyda saqlash kerak.

Uchinchidan, batareya va zaryad muammolari ham qurilmaning qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Nosoz yoki original bo‘lmagan zaryadlovchi qurilmalar batareyani shikastlaydi.

Shuning uchun faqat ishonchli va mos zaryadlovchi ishlatish maqsadga muvofiqdir. Zaryad olayotganda og‘ir fayllarni ochmaslik tavsiya qilinadi.

To‘rtinchidan, virus va zararli dasturlar smartfonni sekinlashtirib, ortiqcha isishga olib kelishi mumkin. Bu holatda antivirus dasturi bilan tekshirish, keraksiz ilovalarni o‘chirish va tizimni muntazam yangilab turish muhimdir.

Oxirgi sabab dasturiy ta’minotdagi nosozliklardir. Eski yoki xato bilan ishlayotgan tizim ham qurilmaning qizishiga olib keladi.

Bunday vaziyatda qurilmani qayta ishga tushirish, yangilangan dastur versiyasini o‘rnatish yoki zarurat bo‘lsa, zavod sozlamalariga qaytish kerak. Shu tarzda smartfonning qizib ketishini oldini olish va uning xizmat muddatini uzaytirish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
TexnologiyaKecha, 12:29
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026