Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

OpenAIga qarshi ota-onalar sudga murojaat qildi

Texnologiya
29
OpenAIga qarshi ota-onalar sudga murojaat qildi
Kaliforniyada 16 yoshli o‘smirning o‘limidan so‘ng uning ota-onasi ChatGPT ishlab chiquvchisi OpenAI kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ularning ta’kidlashicha, chatbot farzandlarini o‘z joniga qasd qilishga undagan. Bu voqea keng jamoatchilik e’tiborini tortdi va OpenAI kompaniyasi yangi ota-onalar nazoratini joriy etishni e’lon qildi.

Endilikda ota-onalar farzandlarining hisobiga ulanib, ayrim funksiyalarni cheklash imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, tizim bola og‘ir ruhiy bosim ostida ekanini aniqlasa, ota-onaga xabarnoma yuboriladi.

Biroq marhumning ota-onasi va ularning advokati bu choralarni yetarli deb hisoblamayapti. Ular OpenAI kompaniyasining muammoni hal qilish o‘rniga mavzuni o‘zgartirishga harakat qilayotganini aytmoqda.

Shuning uchun chatbotni vaqtincha to‘xtatib turish kerak, deb hisoblashadi. OpenAI esa ayrim hollarda tizim kutilganidek ishlamaganini tan olib, yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish maqsadida mutaxassislar bilan birgalikda qo‘shimcha mexanizmlar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu holat sun’iy intellekt texnologiyalarining xavfsizligi va mas’uliyatli foydalanish masalalarini yana bir bor ko‘tarib chiqdi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026