Bugun
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

YouTube bloklangan kanallarga qaytish imkonini berdi

Texnologiya
80
YouTube bloklangan kanallarga qaytish imkonini berdi
YouTube “Ikkinchi imkoniyat” nomli yangi dasturni ishga tushirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu dastur bloklangan kontent yaratuvchilariga bir yildan so‘ng platformaga qayta kirish uchun ariza berish imkonini beradi. Bu haqda Rozetked.me sayti xabar berdi.

Kompaniya ta’kidicha, “Ikkinchi imkoniyat” dasturi apellyatsiya emas. U qarorni rasmiy ravishda qayta ko‘rib chiqish imkonidan foydalanib bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi va qaror buzilish xarakteri hamda amaldagi qoidalarga mosligi asosida qabul qilinadi. Shuningdek, mualliflik huquqini buzgan kanallar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Ariza tasdiqlangach, muallif yangi kanal yaratishi, avvalgi videolarini qayta joylashi (agar ular joriy qoidalarga zid bo‘lmasa) va monetizatsiyani faollashtirishi mumkin bo‘ladi. Yangi funksiya haqidagi ogohlantirishlar yaqin oylarda YouTube Studio ish stoli versiyasida paydo bo‘ladi.

Dastur Google’ning AQSh Kongressmeni Jim Jordanga yo‘llagan xati asosida joriy etildi. Ushbu xatda kompaniya COVID-19 va saylovlarga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar sababli bloklangan kanallarni tiklash niyatini bildirgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Taniqli aktrisa Eshli Beloat o‘zi bosh rolni ijro etgan serial namoyishidan bir necha oy o‘tgach, xuddi shu syujet asosida ishlangan boshqa bir qisqa metrajli dramaga duch keldi. Bu haqda One.uz
Texnologiya10:51, 12-10-2026
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Zamonaviy smartfonlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning ko‘plab foydali funksiyalari odatiy sozlamalar menyusida ko‘rinmaydi.
Texnologiya23:52, 11-10-2026
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiyaning yirik qurilish va muhandislik korxonasi bo‘lmish Shimizu korporatsiyasi koinot texnologiyalari tarixidagi eng dadil va ulkan g‘oyalardan biri hisoblangan Luna Ring loyihasini taqdim
Texnologiya23:52, 11-10-2026
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha Rossiyaning «F6» kompaniyasi tahlilchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston foydalanuvchilarining bank hisoblariga tahdid solayotgan xavfli Android-troyanni fosh etdi. Bu haqda
Texnologiya11:04, 11-10-2026