ENRU

Xitoylik olimlar tungi ko‘rish linzasini yaratdi

Texnologiya
64
Xitoylik olimlar tungi ko‘rish linzasini yaratdi
Xitoylik olimlar inson ko‘zining ko‘rish qobiliyatini kengaytiruvchi yangi infraqizil kontakt linzalar yaratdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Cell” jurnalida chop etilgan tadqiqotda ma’lum qilindi. Yangi linzalar qorong‘uda ham ko‘rish imkonini beradi.

Ilmiy guruh nanozarrachalarni kontakt linzalarga birlashtirib, ilgari ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlarni ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘likka aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada inson 800 dan 1600 nanometrgacha bo‘lgan to‘lqin uzunligidagi nurlarni seza oladi.

Tajriba dastlab sichqonlar ustida o‘tkazildi. Sichqonlar retinasiga nanozarrachalar yuborilgach, ular qorong‘uda harakatlana oldi.

Keyinchalik linzalar inson ko‘zi uchun moslashtirildi. Sinovlarda ishtirok etgan odamlar hatto ko‘zlarini yopsalar ham qorong‘uda yorug‘lik signallarini aniqlay oldi.

Olimlarning fikricha, ushbu linzalar qutqaruv xizmatlari, harbiy amaliyotlar va tungi nazorat sohalarida katta foyda keltirishi mumkin. Linzalar tashqi quvvat manbaiga ehtiyoj sezmaydi va oddiy kontakt linzalarga o‘xshab taqiladi.

Shu bilan birga, tadqiqot hali dastlabki bosqichda hisoblanadi. Linzalar ba’zan tasvirni xiralashtirishi yoki zaif yorug‘lik sharoitida samarali ishlamasligi mumkin.

Shu sababli olimlar texnologiyani yanada rivojlantirish ustida ish olib bormoqda. Mutaxassislar bu kashfiyot inson ko‘rish qobiliyatida yangi davr boshlanishini, yaqin kelajakda tungi ko‘rish linzalari hayotimizda keng qo‘llanilishini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
TexnologiyaKecha, 18:36
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika Respublikasi sun'iy intellekt yordamida tuzilgan milliy siyosat hujjatini noto'g'ri ilmiy manbalar tufayli qaytarib oldi. Hujjatda 67 ta istiqbolga
TexnologiyaKecha, 12:54
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
24-oktyabr 2026-yilda iPhone 18 smartfonlari aylamidagi joriy bozor narxlari e'lon qilindi. Narxlar modelga, xotira hajmiga, rangga va SIM-karta turiga qarab farq
Texnologiya11:26, 24-10-2026
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Ilon Mask boshchiligidagi Tesla kompaniyasi 2026 yil 15-oktyabrdagi taqdimotda yangi avlod Roadster superkarini ko‘rsatdi. Avtomobil an’anaviy giperkarlar chegarasidan
Texnologiya12:34, 23-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay xalqaro to‘lov tizimi yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xizmatning texnik tayyorgarlik
Texnologiya16:50, 22-10-2026
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
O'zbekistonda Telegram messenjeri orqali ovozli qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda qo'ng'iroqlarning
Texnologiya14:49, 22-10-2026