Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Intel kelasi oy yangi professional grafik kartalarini taqdim etadi

Texnologiya
61
Intel kelasi oy yangi professional grafik kartalarini taqdim etadi
Intel kompaniyasi kelasi 25 mart kuni o‘zining yangi professional grafik kartalarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu borada kutilayotgan asosiy yangiliklar Arc Pro B70 va Arc Pro B65 modellaridir. Xabarmanbarga ko‘ra, ikkala qurilma ham yangi Battlemage arxitekturasiga asoslangan BMG-G31 grafika protsessori yordamida ishlab chiqilgan.

Kompaniya rasmiy taqdimot marosimi boshlanishidan oldin, maxsus tahrirlangan ma’lumotlarni ixtisoslashgan axborot vositalari bilan hamkorlikda e’lon qila boshlagan. Kuchliroq hisoblangan Arc Pro B70 modeli 32 ta Xe yadrosi va hajmi 32 gigabayt bo‘lgan GDDR6 tez xotirasiga ega bo‘ladi.

Uning elektr energiyasi sarfi ishlatiladigan konfiguratsiyaga qarab o‘zgarishi mumkin. Eng kamida 160 vattdan boshlanib, maksimal darajada 290 vattgacha yetishi kutilmoqda.

Intel o‘zi tavsiya qiladigan standart model uchun esa 230 vatt ko‘rsatkichi belgilangan. Bu qiymat avvalgi Arc Pro B60 modeliga nisbatan 90 vattga yuqoriroqdir.

Shuningdek, ushbu karta ma’lumotlar oqimini ta’minlovchi 256-bitli xotira magistraliga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ikkinchi model hisoblangan Arc Pro B65 esa 20 ta Xe yadrosi va 32 gigabaytli GDDR6 xotira bilan jihozlanadi.

Uning quvvat iste’moli taxminan 200 vatt atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ushbu ikki yangi mahsulot asosan katta hajmdagi operativ xotiraga muhtoj bo‘lgan mutaxassislar va professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Yangi kartalar Intelning Battlemage seriyasini faqat o‘yinchilar yoki oddiy foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan mahsulotlar bilan cheklanib qolmasdan, professional sohaga ham kengaytiradi. Bu esa kompaniyaning bozoldagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
TexnologiyaKecha, 12:29
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026