Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+22°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, janub
ENRU

ITER loyihasida birinchi ulkan magnit muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi

Texnologiya
36
ITER loyihasida birinchi ulkan magnit muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
Xalqaro termoyadroviy loyiha ya’ni ITER loyihasi doirasida muhandislar reaktorni ishga tushirishning eng muhim bosqichlaridan birini amalga oshirishni boshladilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu bosqich o’ta o’tkazuvchan magnitlarni sinovdan o’tkazishni o‘z ichiga oladi. Magnet Cold Test Facility majmuasida og‘irligi 330 tonna bo‘lgan birinchi ulkan toroidal maydon g‘altagi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.

Ushbu gigantik qurilma ishchi harorat ya’ni 4 Kelvin yoki minus 269 gradus Selsiysigacha sovutildi. Bu harorat mutlaq nol darajasidan atigi bir necha daraja yuqori hisoblanadi.

Sinovlarning asosiy maqsadi magnit tizimini reaktor ichiga yakuniy o‘rnatishdan oldin uning benuqson ishlashiga ishonch hosil qilishdir. Har bir magnitni to‘liq tekshirish uchun to‘rt oydan olti oygacha vaqt ketadi.

Ushbu jarayon davomida mutaxassislar g‘altaklarga 68 kA gacha tok berib ularning kelajakdagi ish rejimlarini simulyatsiya qiladilar. Aynan shu magnit tizimi reaktor ichidagi o‘nlab million darajagacha qiziydigan plazmani nazorat ostida ushlab turish vazifasini bajaradi.

ITER loyihasida jami 18 ta ulkan D shaklidagi toroidal maydon g‘altagi oltita poloidal g‘altak va markaziy solenoidning oltita moduli qo‘llaniladi. Butun tizim 51 G J gacha energiya to‘plash quvvatiga ega.

Magnitlar niobiy-qalay va niobiy-titan qotishmalaridan tayyorlangan bo‘lib suyuq geliy yordamida sovutilganda elektr qarshiligini deyarli to‘liq yo‘qotadi. Bu esa minimal energiya sarfi bilan juda kuchli magnit maydonlarini yaratish imkonini beradi.

O‘ta o‘tkazuvchanlik holati juda qat’iy va aniq sharoitlarni talab qiladi. Agar harorat yoki tok ruxsat etilgan me‘yordan oshib ketsa kvanch hodisasi ya’ni o‘ta o‘tkazuvchanlik xususiyatining keskin yo‘qolishi va katta miqdorda issiqlik ajralishi kuzatilishi mumkin.

Shu sababli sinovlar davomida xavfsizlik tizimlarining bunday holatlarni soniyaning ulushlarida aniqlash qobiliyati ham qattiq tekshirilmoqda. ITER bosh direktori Pietro Barabaschi ta’kidlashicha bunday yondashuv reaktorni yakuniy yig‘ishdan oldin xavflarni kamaytirishga katta yordam beradi.

Ushbu tajriba nafaqat ITER loyihasi balki butun dunyoda ishlab chiqilayotgan kelajakdagi tijoriy termoyadroviy elektr stansiyalari uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu yutuq insoniyat uchun cheksiz va toza energiya manbaini yaratish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026