Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+11°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Yirik kompaniyalar sun’iy intellekt o‘rniga mutaxassislarni ishga qaytarmoqda

Texnologiya
16
Yirik kompaniyalar sun’iy intellekt o‘rniga mutaxassislarni ishga qaytarmoqda
So‘nggi yillarda ko‘plab nufuzli xalqaro kompaniyalar xarajatlarni tejash va ish samaradorligini oshirish maqsadida o‘z xodimlarini sun’iy intellekt tizimlariga almashtirishga harakat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, avtomatlashtirish texnologiyalari inson tajribasi va murakkab qarorlar qabul qilish qobiliyati oldida ojiz qolmoqda. CNBC nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq ishchi kuchini qisqartirgan yirik korporatsiyalar endilikda mutaxassislarni ommaviy ravishda ishga qaytarish jarayonini boshladi.

Ushbu tendensiyaning eng yaqqol misollaridan biri sifatida Ford Motor Company korporatsiyasini keltirish mumkin. Sifatni nazorat qilish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirishga uringan mazkur kompaniya kutilgan natijaga erisha olmagach, 350 nafardan ortiq muhandisni nafaqat ishga qaytardi, balki ularning lavozimini ham yuqorilatdi.

Kompaniya rahbariyati hisoblash va tahlil tizimlari murakkab ishlab chiqarish ma’lumotlarini talqin qilishda inson tajribasiga tenglasha olmasligini rasman tan oldi. Ford kompaniyasining avtomobil uskunalari muhandisligi bo‘yicha vitse-prezidenti Charlz Pun ta’kidlashicha, sun’iy intellekt ajoyib yordamchi vosita bo‘lishi mumkin, ammo uning samaradorligi u o‘rganayotgan ma’lumotlar sifati va qo‘llanish sharoitiga bevosita bog‘liqdir.

Inson nazoratisiz texnologiya kutilmagan nosozliklar va noaniqliklarga moyil bo‘lib qolmoqda. Bu esa ishlab chiqarish zanjirida jiddiy xavflarni keltirib chiqaradi.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va xodimlar bilan ishlash sohasida ham shunga o‘xshash muammolar kuzatildi. Avstraliyaning Commonwealth Bank of Australia moliya muassasasi mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlarini ovozli robotlarga almashtirish natijasida qo‘ng‘iroqlar markaziga tushadigan yuklama keskin ortib ketdi.

Tizim mijozlarning murakkab so‘rovlarini qayta ishlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ygan, oqibatda bank operatorlar shtatini zudlik bilan qayta tiklashga majbur bo‘lgan. Texnologiya giganti IBM ham o‘z strategiyasiga o‘zgartirishlar kiritdi.

Kompaniya ma’lum jarayonlarni qisman avtomatlashtirgan bo‘lsa-da, yaqin yillar ichida yangi xodimlarni qabul qilish rejasini e’lon qildi. IBM vakillarining so‘zlariga ko‘ra, etika, vaziyatni xolis baholash va strategik qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq vazifalar hamon inson ishtirokini talab qiladi.

Orgvue kadrlar agentligi o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, rahbarlarning 39 foizi sun’iy intellekt joriy etilishi sababli xodimlarni qisqartirgan, biroq ularning yarmidan ko‘pi keyinchalik bu qaror xato bo‘lganini tushunib yetgan. Robert Half rekruting firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomatlashtirish tufayli tugatilgan ish o‘rinlarining uchdan bir qismi allaqachon qayta tiklangan.

Bugungi kunda sun’iy intellekt infratuzilmasiga milliardlab dollar sarmoya kiritilishiga qaramay, global bozorda texnologiyaning roli qayta ko‘rib chiqilmoqda. Endilikda sun’iy intellekt xodimning o‘rnini bosuvchi kuch emas, balki unga yordam beruvchi vosita sifatida talqin etilmoqda.

Ayniqsa, muloqot, nostandart fikrlash va katta tajriba talab qilinadigan sohalarda inson omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026