Bugun
Trump Ho'rmuz bo'g'ozidan o'tish tariflari haqida bayonot berdi
+33°
переменная облачность ветер 2.5 м/с, С
[metatags]Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi - One.uz, 11.01.2025{short-story limit="200"}, One.uz, 11.01.2025[/metatags]

Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi

Texnologiya
171
Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Massachusets texnologiya instituti olimlari salbiy ruhdagi matn, foto va videolar inson ruhiy salomatligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bunday kontent ruhiy muammolari bor insonlarning holatini yanada yomonlashtiradi.

Internet foydalanuvchilarining qaysi turdagi ma’lumotlarga e’tibor qaratishini tahlil qilish uchun mingdan ortiq inson o‘rganib chiqildi. Ularning qaysi veb-sahifalardan foydalangani, bu jarayon qaysi his-tuyg‘ularni uyg‘otgani — g‘azab, qo‘rquv, qayg‘u yoki quvonch kabi holatlar bo‘yicha maxsus algoritmlar orqali baholandi.

Tadqiqotda ishtirokchilar dastlab 5 kun davomida kuniga 20 daqiqa, so‘ngra esa 30 daqiqa davomida internetda vaqt o‘tkazishdi. Olimlar bu vaqt ichida foydalangan veb-sahifalardagi matnlarni baholashdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar internetda qanday emotsiyalarni his qilganini anketalarda qayd etib bordi.

Aniqlanishicha, yaxshi kayfiyatdagi foydalanuvchilar ijobiy va ruhiyatga zarar yetkazmaydigan kontentni tanlashgan bo‘lsa, yomon kayfiyatdagi insonlar ko‘proq salbiy va qo‘rquv hissini uyg‘otadigan materiallarga qiziqish bildirgan.

Tadqiqotchilar ushbu natijalardan kelib chiqib, “Digital Diet” deb nomlangan maxsus plagin ishlab chiqdilar. Bu dastur internetdagi qidiruv natijalarini uch xil mezon bo‘yicha filtrlash imkonini beradi: hissiyotlar (ijobiy yoki salbiy), bilim (ma’lumotni tushunish darajasi) va foydaliligi. Ushbu vosita foydalanuvchilarga salbiy kontentni cheklash va ijobiy axborotga yo‘naltirishda yordam beradi.

“Ruhiy salomatligi muammoli odamlar ko‘pincha salbiy axborot qidirishadi, bu esa ularning holatini yanada og‘irlashtiradi. Digital Diet ularga salbiy kontentdan voz kechishda yordam beradi deb umid qilamiz,” deydi tadqiqotchilar.

O‘xshash yangiliklar

Google Jadvallar Gemini AI yordamida 28 tilda ishlaydi
Google Jadvallar Gemini AI yordamida 28 tilda ishlaydi
Google korporatsiyasi Gemini sunʼiy intellekt tizimini Google Jadvallar xizmatiga toʻliq qoʻshganini eʼlon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangilanishdan keyin millionlab foydalanuvchi
Texnologiya Kecha, 12:47
Samsung yangi Galaxy modeli uchun reklama kampaniyasini boshladi
Samsung yangi Galaxy modeli uchun reklama kampaniyasini boshladi
Samsung kompaniyasi Jangubiy Koreyaning mashhur "M" seriyasidagi yangi smartfon modeli — Galaxy M47 5G — uchun rasmiy reklama kampaniyasini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Texnologiya Kecha, 02:13
Perplexity startapi sun’iy intellektga asoslangan Comet brauzerini taqdim etdi
Perplexity startapi sun’iy intellektga asoslangan Comet brauzerini taqdim etdi
Hozirgi kunda raqamli dunyoda Google kompaniyasining Chrome va Apple kompaniyasining Safari brauzerlari bozor yetakchilari hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, Chrome brauzeri o‘z
Texnologiya 02:56, 31-05-2026
Xitoy 2030-yilgacha kosmonavtlarni Oy sirtiga yetkazishni rejalashtirmoqda
Xitoy 2030-yilgacha kosmonavtlarni Oy sirtiga yetkazishni rejalashtirmoqda
Xitoy Xalq Respublikasi o‘zining kosmik dasturini, xususan, Oyga sayohat qilish loyihasini jiddiy qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Pekin ma‘muriyati 2030-yilgacha bo‘lgan
Texnologiya 02:27, 31-05-2026
TikTok mehmonxonalarni band qilish xizmatini yoʻlga qoʻydi
TikTok mehmonxonalarni band qilish xizmatini yoʻlga qoʻydi
TikTok bugungi kunda shunchaki ijtimoiy tarmoq giganti boʻlishdan toʻxtab, keng qamrovli raqamli muhitga aylanib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Video platforma oʻz ichiga onlayn savdo,
Texnologiya 02:24, 31-05-2026
ITER loyihasida birinchi ulkan magnit muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
ITER loyihasida birinchi ulkan magnit muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
Xalqaro termoyadroviy loyiha ya’ni ITER loyihasi doirasida muhandislar reaktorni ishga tushirishning eng muhim bosqichlaridan birini amalga oshirishni boshladilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Texnologiya 02:09, 31-05-2026