Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab 30 yilga ega avtomobillar utilizatsiya qilinadi

Avto
74
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab 30 yilga ega avtomobillar utilizatsiya qilinadi
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30-yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan avtomobillarni bosqichma-bosqich utilizatsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Chiqindilarni boshqarish agentligi tomonidan belgilangan yangi tartibga ko‘ra, eski transport vositalari davlat tomonidan bozor qiymatida sotib olinadi. Avtomobil egalari ikki xil tanlovga ega bo‘ladilar.

Birinchidan, ular pul kompensatsiyasini olishlari mumkin. Ikkinchidan, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobilni imtiyozli shartlarda xarid qilish uchun elektron vaucherdan foydalanishlari mumkin.

Elektron vaucher orqali yangi avtomobilni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham taqdim etiladi. Bu tartib eski transport vositasini topshirgan fuqarolarning yangi avtomobil sotib olishini yengillashtirishga qaratilgan.

Shuningdek, bunday yondashuv avtomobil bozorida yangiliklarni keltirib berishga ham xizmat qiladi. Foydalanish muddati tugagan avtomobilni utilizatsiyaga topshirishdan bosh tortgan fuqarolar har yili 30 BHM miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.

Bu summa transport vositasining yoshi va texnik holatiga qarab belgilanadi. Yangi choralar atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlat bu ishlarda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026