ENRU

«Mazda» avtomobillarida fizik tugmalarni olib tashlash sabablarini tushuntirdi

Avto
21
«Mazda» avtomobillarida fizik tugmalarni olib tashlash sabablarini tushuntirdi
Mazda kompaniyasi yangi avlod avtomobillarida markaziy konsoldagi fizik tugmalarni olib tashlab, barcha funksiyalarni katta sensorli ekranga o‘rnatish sabablarini tushuntirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, bu qaror avval haydovchining xavfsizligini oshirish uchun qilingan. Yangi Mazda CX-5 krossoverida 15,6 dyuymli markaziy ekran mavjud bo‘lib, unda deyarli barcha an’anaviy tugmalar olib tashlangan.

Ko‘pgilik bu qarorni xarajatlarni kamaytirish deb tushunsa-da, Mazda muhandislari boshqacha maqsdda ishlaydi. Loyiha rahbari Koichiro Yamaguchi bu yechimni haydovchining diqqatini yo‘ldan kamroq chalg‘itish uchun tanlanganini aytdi.

Agar konditsioner va boshqa tizimlar uchun fizik tugmalar qoldirilganida, ular pastki qismga joylashib, haydovchi ko‘zini yo‘ldan pastga tushirishiga olib kelardi. Bundan tashqari, o‘xshash tugmalar orasidan keragini topish qiyinlashardi.

Sensorli ekranda esa boshqaruv elementlari ko‘z darajasiga yaqin joylashgan bo‘lib, ko‘zning chalishish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Mazda muhandislari eng ko‘p ishlatiladigan funksiyalarni, xususan iqlim nazoratini, ekranning pastki qismida doimiy ko‘rinishda saqlab qo‘ygan.

Lekin bu qaror avtomobil ishqibozlari o‘rtasida munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Sababi, ko‘plab haydovchilar fizik tugmalarga o‘rganib qolgan bo‘lib, ularni ko‘zga qaramasdan boshqarishga odatlangan.

Mazda CX-6e va Mazda 6e elektromobillari ham shunday minimalistik interyerga ega bo‘ldi. Bu modellar asosan Xitoy bozori uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerda katta ekranlar va raqamli texnologiyalar yuqori qadrlanadi.

O‘zbekiston bozorida ham Mazda brendining o‘rni mustahkam ekanligini hisobga olsak, kelajakda ushbu kompaniyaning global modellari ham shu yo‘nalishda rivojlanishi kutilmoqda. Koichiro Yamaguchi shunga qaramay, fizik tugmalarning butunlay yo‘qolmasligiga ishora qildi.

Kompaniya mijozlarning fikrini doimiy ravishda o‘rganib boradi. Agar sensorli boshqaruvdan norozilik kuchaylsa, kelgusi modellarda fizik tugmalar qaytarilishi mumkin.

Hozircha brend zamonaviy minimalizm va raqamli qulaylikni asosiy ustunlik deb belgilagan.

O‘xshash yangiliklar

Hyundai kompaniyasi yangi avlod Tucson krossoverini rasman taqdim etdi
Hyundai kompaniyasi yangi avlod Tucson krossoverini rasman taqdim etdi
Hyundai kompaniyasi o‘zining eng ommabop modellaridan biri bo‘lgan Tucson krossoverining beshinchi avlodini rasman taqdim etdi. Mazkur yangilanish jahon bozorida,
AvtoBugun, 03:29
O'zbekistonda elektromobillar soni bir yil ichida keskin ko'paydi
O'zbekistonda elektromobillar soni bir yil ichida keskin ko'paydi
O‘zbekiston ko‘chalarida elektr energiyasi bilan harakatlanadigan avtomobillar soni keskin ortib bormoqda. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning
Avto00:31, 28-09-2026
BYD elektromobillarning yurish zaxirasini sezilarli darajada oshirmoqchi
BYD elektromobillarning yurish zaxirasini sezilarli darajada oshirmoqchi
Xitoyning avtomobil sanoatidagi yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan BYD kompaniyasi o‘zining yuqori toifadagi Denza brendi ostida ishlab chiqarilayotgan elektromobillar imkoniyatini sezilarli
Avto00:05, 28-09-2026
Niderlandiyada kuchli magnit maydonida ishlovchi yangi kvant sensori yaratildi
Niderlandiyada kuchli magnit maydonida ishlovchi yangi kvant sensori yaratildi
Niderlandiyadagi Tvente universiteti tadqiqotchilari tashqi magnit maydoni 1 Teslagacha bo‘lgan sharoitda ham samarali ishlay oladigan yangi turdagi o‘ta o‘tkazuvchan kvant sensorini yaratishdi. Bu
Avto23:37, 27-09-2026
O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 122 mingdan oshdi
O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 122 mingdan oshdi
O‘zbekistonda ekologik toza transport vositalariga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra,
Avto01:06, 27-09-2026
Yangi avlod «Toyota Korolla» modellari liftbek kuzovida ishlab chiqariladi
Yangi avlod «Toyota Korolla» modellari liftbek kuzovida ishlab chiqariladi
Dunyoning eng ommabop avtomobillaridan biri hisoblangan Toyota Corolla yaqin yillarda o‘z tarixidagi eng yirik yangilanish jarayonini boshdan kechirishi kutilmoqda. Car
Avto23:36, 26-09-2026